O‘rganish davomida Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi boshlig‘i Ch. Jumayev tomonidan maktab direktorlarini xizmat vazifalariga kirmaydigan ta'mirlash ishlariga majburiy ravishda jalb qilish holati tasdiqlangan.

Mazkur holat O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 5-moddasi talablariga zid deb topildi. Unda majburiy mehnat taqiqlangan.

Shunga ko‘ra, Ch. Jumayevga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasi ikkinchi qismi asosida bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari miqdorida jarima qo‘llanildi.

Davlat mehnat inspeksiyasi ma'lum qilishicha, qonunbuzilish holatlarining har biri bo‘yicha qonuniy choralar ko‘riladi.