Prezidentimizning nabirasiga yöllagan maktubi aynan şunday mazmun va mohiyatga ega.
Maktubni öqir ekanmiz, unda davlatimiz rahbarining xalq va Vatan oldidagi ulkan masʼuliyati bilan mehribon boboning nabirasiga çeksiz muhabbati uyğunlaşganini his etamiz. Bir nabiraga atalgan yurak sözlari orqali butun Özbekiston yoşlariga “Sizlarning kelajagingiz, baxtingiz va kamolingiz men uçun eng muhim qadriyatlardan biridir” degan mazmundagi işonç va mehr yetib boradi. Maktubning har bir satrida yoş avlodga bildirilgan katta umid, ularning imkoniyatiga işonç va kelajak oldidagi masʼuliyat hissi sezilib turadi.
Şuningdek, katta siyosat, davlat vazifalari va xalqaro safarlar ortida insoniy tuyğular — soğinç, mehr, ota-bobolar xotirasi, farzandlar kelajagiga qayğuriş kabi qalbga yaqin keçinmalar namoyon böladi. Davlatimiz rahbarining uzoq safarlari, xalqaro uçraşuvlari va hamkorlik yölidagi saʼy-harakatlari şunçaki diplomatik vazifalar emas, balki mamlakat kelajagi, yoşlar uçun yangi imkoniyatlar yaratiş, xalq farovonligini taʼminlaşga qaratilgan intilişlar sifatida talqin etiladi.
Nomada avlodlar orasidagi boğliqlik, bolalik xotiralari va bugungi imkoniyatlar örtasidagi tafovut ham alohida örin tutadi. Prezidentimiz öz bolaligidagi maşaqqatlarni yodga olar ekan, bugungi yoşlar ana şunday qiyinçiliklarni boşdan keçirmasligi, zamonaviy taʼlim olişi, öz qobiliyatini erkin namoyon etişi va munosib hayot keçirişi uçun yaratilayotgan şaroitlar ahamiyatini taʼkidlaydi. Bu fikrlar zamirida bir avlodning armonlari keyingi avlodning imkoniyatlariga aylanişi kerakligi haqidagi ezgu maqsad mujassam.
Bugungi yoşlar uçun maktubning eng muhim saboqlaridan biri — ilm va maʼrifatning inson hayotidagi beqiyos örni. Buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosi, tafakkuri, jasorati va maʼnaviy dunyosi yoş avlod uçun nafaqat faxr, balki ulkan masʼuliyat hamdir. Imom Buxoriy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Uluğbek, Alişer Navoiy va boşqa buyuk allomalar nomini tilga oliş orqali yoşlar öz tarixining buyukligini anglaş, ana şu merosga munosib böliş uçun bilim va tafakkur bilan kamol topişga daʼvat etiladi.
Bugungi davr yoşlariga xos dolzarb masalalar ham maktubda çetlab ötilmaydi. Raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt, zamonaviy gadjetlar hayotimizning ajralmas qismiga aylanayotgan bir paytda ulardan oqilona foydalaniş, texnologiyalar imkoniyatlarini bilim hamda taraqqiyotga xizmat qildiriş, biroq mutolaa, mustaqil fikrlaş va haqiqiy bilim olişdan uzoqlaşmaslik haqidagi nasihatlar, ayniqsa, muhim. Zero, texnologiya insonning imkoniyatlarini kengaytirişi mumkin, ammo uning tafakkuri, dunyoqaraşi va maʼnaviy kamolotini bilim, izlaniş va hayotiy tajriba şakllantiradi.
Nomadagi vaqtning qadri, sabr, iroda va intizom haqida bildirilgan fikrlar ham har bir yoşning hayotiy yöliga daxldor. Vaqt — qaytarib bölmaydigan eng bebaho boylik. Har bir daqiqani mazmunli ötkaziş, bugungi vazifani ertaga qoldirmaslik, boşlangan işni oxiriga yetkaziş, muvaffaqiyatsizliklardan xulosa çiqarib, yana oldinga intiliş — muvaffaqiyatning muhim mezonlari sifatida körsatiladi. Bu nasihatlar yoşlarni şunçaki orzu qiliş emas, balki orzulari sari qatʼiyat bilan intilişga undaydi.
Maktubning yana bir çuqur mazmuni — Vatanga muhabbat va unga xizmat qiliş ğoyasi. Vatanparvarlik faqat bayroqni seviş, yurt haqida faxr bilan gapiriş emas. U, eng avvalo, öz kasbini puxta egallaş, halol mehnat qiliş, jamiyatga foyda keltiriş, milliy qadriyatlar va insoniy fazilatlarni asraş, mamlakat taraqqiyotiga öz hissasini qöşişdir. Yoşlar qaysi sohada faoliyat yuritişidan qatʼi nazar, el-yurt koriga yaraş, öz bilimi va salohiyatini xalq manfaatlari yölida safarbar etişdek ezgu maqsad bilan yaşaşi lozimligi maktubdagi asosiy ğoyalardan.
Bu noma nafaqat yoşlar uçun yozilgan nasihatlar töplami, balki unda ota-onalar, bobo-buvilar, pedagoglar va jamiyatning har bir vakili uçun muhim fikrlar bor. Farzand tarbiyasi faqat oilaning emas, butun jamiyatning kelajagini belgilaydigan masʼuliyat. Yoşlarning iqtidorini öz vaqtida aniqlaş, ularni qöllab-quvvatlaş, bilim olişi, öz ustida işlaşi va mustaqil şaxs sifatida şakllanişiga şaroit yaratiş bugunning eng muhim vazifalaridan.
Ifodadagi samimiylik maktub mazmunining taʼsirçanligini yanada oşiradi. Unda balandparvoz şiorlardan köra hayotiy haqiqatlar, quruq daʼvatlardan köra qalbga yaqin nasihatlar, rasmiy bayonotlardan köra avlod kelajagiga işonç va mehr ustuvor. Şu bois, bu murojaatni öqigan har bir inson öz hayoti, farzandlari, orzulari va Vatan oldidagi masʼuliyati haqida çuqurroq öylaydi.
Aslida, maktubning eng katta maʼnosi bugungi avlodga bildirilayotgan işonçdir. Işonçki, imkoniyat berilgan yoşlar bilim bilan kamol topadi, ajdodlar merosiga munosib böladi. Zamonaviy dunyoda öz örnini topadi va yangi Özbekistonning kelajagini bunyod etadi.
Bir nabiraga atalgan yurak sözlari orqali butun mamlakat yoşlariga yöllangan bu murojaat bizga muhim haqiqatni eslatadi: kelajak öz-özidan yaratilmaydi. U bugun öqiyotgan yoşlarning bilimi, izlanişi, mehnati, intilişi, ota-onalarning duosi, ustozlarning fidoyiligi va jamiyatning yoş avlodga eʼtibori bilan bunyod etiladi.
Vatan kelajagi — yoşlar qölida. Yoşlarning kelajagi esa ilmda, tarbiyada, mustahkam iroda va öz Vataniga çeksiz muhabbatida. Şu maʼnoda, uşbu noma nabiraga yozilgan şunçaki maktub emas. Bu bugungi avlodga işonç, ertangi kunga umid, har bir yoş qalbga yöllangan ezgu daʼvat va kelajak oldidagi masʼuliyatni çuqur his etişga çorlovçi samimiy murojaatdir.
Sadoqat SIDDIQOVA,
Buxoro davlat texnika
universiteti rektori