Bu tabarruk zaminda uluğ zotlar qatorida joriy yil qutluğ 140 yillik tavalludi nişonlanayotgan birinçi özbek professori, tarixçi olim, mahoratli tarjimon va otaşnafas adib Abdurauf Fitrat ham kamol topgan.
Adib nomi bilan ataluvçi Fitrat köçasi böylab yurar ekanman, atrofning fayzu tarovati özgaça ekanini his qildim — göyo maʼrifatparvarlik ruhi haliyam bu maskanda kezib yurgandek. Xuşhavo Fitrat boğiga qadam qöyganimda esa majnuntollar şivirida şoirning otaşin şeʼrlari qayta aks sado berayotgandek böldi:
Bormi senda bizim kabi insonlar,
Ikki yuzli işbuzarlar, şaytonlar.
Örtoq qonin qonmay içkan zuluklar,
Qardoş etin töymay yegan qoplonlar?
Boğ bağrida qad rostlagan Abdurauf Fitrat uy-muzeyi ostonasidan hatlar ekanman, allomaning qölyozmalari, öşa davr suronlaridan omon qolgan toşbosma kitoblarning asl nusxalari hamda yurak qoni bilan yozilgan asarlari bilan yuzma-yuz keldim.
Muzeydagi tarixiy xotiralar oğuşidan çiqib, köhna şaharning qadimiy qismi tomon piyoda yöl oldim. Baland devorli tor köçalarni tomoşa qilib, nihoyat mahobatli Mir Arab madrasasi qarşisida töxtadim. Eski şaharga oqşom sokinlik bilan çökayotgan bir pallada asrlar davomida qançadan qança hukmdorlar, fozillar va zohidlarni körgan moviy gumbazlar uzra azon ovozi taraldi.
Uşbu muazzam sado asriy sukunatni buzib, kuzning izğirinli havosida qalbimga ajib bir titroq soldi. Xayolan şu madrasaning kiçkina, sovuq va zax hujralaridan biriga möralayman. Göyo amirlik tuzumi va turğunlik hukmron bölgan öşa olis yillarda bir yigit qöllarida sarğaygan qadimiy qölyozmalarni tutgança, çiroq nurida xayolga çömib ötirgandek gavdalanaverdi.
Bu yigit — Abdurauf Fitrat. Ötmiş va bugungi kun sukunatini tinglab turgan madrasaning baland devorlari orasida bölajak adib nafaqat diniy ilmlarni mukammal egallagan, balki ona tilimizni, madaniyatimizni asrab qoliş haqida qalbida buyuk bir isyonni pişitib borgan bölsa, ne ajab.
Özbek tili şunçaki oddiy sözlaşuv vositasi emas, balki xalqning borliği, yaşab qoliş şarti ekanini bölajak olim mana şu madrasa hujrasida tunlarni tongga ulab, yurak-yurakdan anglab yetganini bugun — oradan bir asrdan ortiq vaqt ötib, aynan şu yerda uning muxlisi ölaroq yanada teranroq his qildim.
Fitrat fenomeni
Abdurauf Fitrat (asl ismi Abdurauf Abdurahim öğli) — yozuvçi, tarixçi, adabiyotşunos, tilşunos, sanʼatşunos va siyosatşunos olim, taniqli davlat hamda jamoat arbobi, birinçi özbek professori. U dastlab Mir Arab madrasasida tahsil körgan. 1902-1903-yillarda haj safari munosabati bilan Turkiya, Hindiston va Arabiston mamlakatlarida, taxminan 1906-1908-yillarda esa Rossiyaning Moskva, Peterburg singari şaharlarida bölgan. Şundan keyin Fitrat öqişni davom ettiriş istagida 1909-1913-yillarda Istanbulda yaşagan. Abdurauf Fitratning boy ilmiy va adabiy merosini bugungi davr mezonlari asosida qayta anglaş, uning adabiyotşunoslikdagi örnini teranroq tahlil qiliş maqsadida filologiya fanlari doktori, professor Şoira AHMEDOVAning fikrlariga ham quloq tutdik:
— Fitratning otasi Abdurahimboy öqimişli, dunyo körgan inson sifatida farzandi Abduraufning tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratgan. Tangrining inʼomi bölsa kerak, onasi Mustafobibi yoş Abduraufga Şarq ertaklari, Navoiy va Bedil ğazallarini öqib berib, öğlining qalbida söz sanʼatiga nisbatan ilk muhabbat uçqunlarini yoqqan.
Fitrat milliy uyğoniş davri madaniyatimiz va ilm-fanimizning çinakam qomusiy fenomenidir. Arab, fors va turk tillarini mukammal bilgani tufayli Şarqning buyuk allomalari ijodini puxta özlaştirgan.
U adabiyot maydoniga şunçaki şoir yoki dramaturg emas, balki millat tafakkurini isloh qiluvçi olim va adabiyot nazariyaçisi sifatida kirib keladi. Uning eng katta xizmati jamiyatga tirik, jöşqin va milliy mafkurani olib kirganidadir. Fitrat birinçilardan bölib adabiyotni millatning yaşab qoliş, özini anglaş quroliga aylantirdi. Uning har bir maqolasi va tadqiqoti öşa davrda til hamda adabiyot maydonidagi haqiqiy inqilob bölgan.
Buxorolik bir guruh maʼrifatparvarlar kömagida Istanbulga öqişga yuborilgan yoş olimning dunyoqaraşi Turkiya safari çoğida butunlay kengaydi. Boisi, Buxorodagi diniy mutaassiblik va turğunlik izlanuvçan qalbga torlik qilardi. Istanbul dorilfununidagi tahsil yillari buxorolik yigitni yangi qiyofadagi millat rahnamosiga aylantirdi.
U yerda çop etilgan “Sayha” va “Munozara” asarlari Turkistonda xuddi çaqmoqdek çaqnab, köplarni ğaflat uyqusidan uyğotdi. Olim 1913-yilda yurtga qaytib, katta kuraşlar maydoniga kirdi. Ayniqsa, 1920-yilda maorif noziri sifatida Buxoroda ilk bor milliy dorilfunun taşkil etgani, yuzlab iqtidorli yoşlarni Germaniya universitetlariga öqişga yuborgani tarixiy jasorat edi.
Uning 1928-yildagi tazkirasi va “Adabiyot qoidalari” asari esa bugungi özbek adabiyotşunosligining fundamental poydevori bölib xizmat qilmoqda. Fitrat şöro armiyasining bosqinçilik siyosatini oçiqdan oçiq qoralagan, millat manfaatini hamma narsadan ustun qöygan jasur rahbar edi.
Iqtiboslarda yaşagan haqiqatlar
Milliy özlikni anglaş va ona tilimiz nufuzini yuksaltiriş haqida söz borar ekan, beixtiyor Abdurauf Fitratning ilmiy-maʼrifiy ğoyalariga tayanamiz. Uning öz davrida çop etilgan maqolalari millatning mudroq qalbini uyğotgan kuçli nido bölgan: “Agar bir millat öz dini, öz milliy maktabi va öz ona tilidan uzilsa, u millat halokat yoqasiga kelib qoladi. Bizning maqsadimiz millatni ğaflat uyqusidan uyğotmoqdir”.
Adib özbek tilini özga tillar soyasidan olib çiqiş, asl sofligini tiklaş uçun yeng şimarib, çin maʼnoda zamonaviy özbek tilşunoslik ilmi poydevorini qöygan uluğ ustozga aylandi. Zahmatli mehnat mahsuli ölaroq, maşhur “Sarf” (morfologiya) va “Nahv” (sintaksis) asarlari dunyoga keldi.
Bu kitoblar şunçaki quruq qoidalar töplami emas, millatning fikrlaş tarzini tartibga soluvçi yirik ilmiy kaşfiyot edi. Olim yaratgan mezonlar hozirgi zamonaviy özbek adabiy tilining ham tayançlaridan biri bölib xizmat qilmoqda.
Sadriddin Ayniy 1926-yilda naşr etilgan töplamida Fitratning yangi davr şeʼriyati va maʼrifatparvarlik harakatidagi örnini juda yuqori baholagan. Muallif Fitratni Buxoro ziyolilarining eng peşqadamlaridan biri sifatida taʼriflab, bunday yozadi:
“Fitrat Buxoroda 18 yoşlariga qadar öqidi. Söng haj qildi. Turkiya, Hindiston, Arabistonda böldi... Fitrat Buxoro talabalarining eng fozili va uluğ ulamosining nazarkardasi edi”.
Fitratşunos olim Hamidulla Boltaboyev esa öz tadqiqotlarida allomaning ilmiy maqomini bunday belgilaydi:
“Fitrat nafaqat tilşunos, balki özbek adabiyotşunosligining fan sifatida şakllanişi boşida turgan olimdir. Uning “Adabiyot qoidalari” asari özbek adabiy nazariyasi böyiça birinçi zamonaviy tizimli qöllanmadir”.
Adabiyotşunos olim Ozod Şarafiddinov ham Fitrat haqida töxtalib, bunday deydi:
“Fitrat umummadaniyat muammolari haqidagi, jumladan, Şarq musiqasi tarixiga oid işlari bilan ham juda katta ilmiy qimmatga ega edi va şarqşunos olimlar doirasida ğoyat yuksak baholanardi”.
Ha, adib asarlarini varaqlar ekansiz, ulardagi har bir satr va fikr bugungi kun oğriqlari hamda yutuqlari bilan hamnafas ekaniga guvoh bölasiz. Uning yozganlari şunçaki tarix sahifalari emas, balki millat timsoliga aylangan hayotiy hikmatlardir.
Allomaning maʼnaviy merosi, hikmatli sözlari oradan bir asr ötsa-da, qimmati va quvvatini yöqotmadi. Ular mudroq vijdonlarni uyğotuvçi, millatning ertangi kuniga yöl körsatuvçi mayoq kabi porlab turibdi.
Dramaturgiya çöqqisi
Fitrat nafaqat yirik tilşunos olim, balki özbek adabiyotida yangi janrlar poydevorini qöygan serqirra ijodkordir. U milliy adabiyotimizda dramatik asarlar janrini mutlaqo yangi falsafiy bosqiçga kötardi. Adibning “Abulfayzxon” tarixiy dramasi milliy dramaturgiyamizning haqiqiy şoh asarlaridan biri sifatida eʼtirof etiladi. Muallif öz pyesalari orqali nafaqat zamondoşlarini, balki kelajak avlodni ham ogohlikka va birdamlikni asraşga çaqiradi.
Adib faoliyatining yana bir yuksak qirrasi şundaki, u Ahmad Yassaviy, Alişer Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Umar Xayyom va Maşrab kabi uluğ siymolar hayoti hamda ijodini birinçi bor soxta mafkuralardan xoli tarzda, ilmiy mezonlar asosida tadqiq etgan.
1928-yilda çop etilgan “Özbek klassik adabiyoti namunalari” tazkirasi bugungi kunda ham adabiyotşunoslik ilmining muhim poydevor manbalaridan biri bölib xizmat qilmoqda. Fitrat öz ijodi bilan til qoidalari şunçaki quruq mezonlar emas, balki gözal sanʼat asariga, jöşqin badiiy tilga aylanişi mumkinligini amalda isbotlab bergan betakror söz zargaridir.
Bugun yurtimizda Uçinçi Renessans poydevori yaratilayotgan qutluğ davrda jadidlar, xususan, Abdurauf Fitratning “Ilm va maʼrifat najotkordir” degan ezgu ğoyasiga qayta-qayta murojaat etilmoqda.
Davlatimiz tomonidan Fitratning milliy davlatçilik va maʼrifat yölidagi xizmatlariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Sönggi nafas
Afsuski, şörolar imperiyasi millat tili, tarixi va madaniyatini bu qadar teran himoya qilgan, tizimga solgan uluğ olim va birinçi özbek professori borligidan qattiq xavfsirardi. Çunki mustabid tuzum uçun mustaqil fikrlaydigan, öz ortidan butun bir millatni ergaştira oladigan erksevar şaxslar hamişa eng katta xavf hisoblangan. Oqibatda 1937-yilning bahorida adib “xalq duşmani” degan soxta va maşʼum ayblov bilan hibsga olindi. Ammo ayovsiz ruhiy va jismoniy qiynoqli tergovlar ham uning bukilmas irodasini sindira olmadi.
1938-yilning 4-oktyabrida Toşkent şahrining maşʼum qatlgohlaridan birida Abdurauf Fitratning hayotiga nuqta qöyildi. Biroq zöravon hokimiyat uni jismonan yöq qilgan bölsa-da, u yaratgan özbek tilşunosligi merosini va millat qalbiga yoqib ketgan ozodlik olovini öçira olmadi. Jaholat tiği şiddatli maʼrifat oqimini töxtatişga ojizlik qildi. Fitratning “Ilm va maʼrifat najotkordir” degan ezgu ğoyasi dillardan dillarga köçdi.
Adib tavalludining 140 yillik qutluğ töyi keng nişonlanayotgan joriy yilda öz ona tilimizda faxr bilan sözlaşar ekanmiz, uluğ olimning nafasini, sönmas maʼnaviy quvvatini yurakdan his etamiz.
Zero, Fitrat bizga qoldirgan eng uluğ meros maʼnan qaram bölmaslik tuyğusi, özlikni asraş matonati va ona tilimizning sofligidir. Köhna Buxoro madrasasining qoronği, sovuq hujrasida, miltillagan şam yoruğida boşlangan öşa buyuk isyon bugun mustaqil yurtimizning porloq istiqbolida, har bir özbek farzandi tilida va dilida mangu yaşaşda davom etmoqda. Demak, Fitrat ruhi tirik, nafasi barhayot.
Guliçehra DURDIYEVA,
“Yangi Özbekiston” muxbiri