«Bosaraliyev Muqimjon» fermer xo‘jaligiga qarashli 12 gektar baliq ko‘lida tajriba sifatida 0,30 gektar maydonda Vetnam texnologiyasi asosida sholi yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan.

Loyiha doirasida bir vaqtning o‘zida ham baliq yetishtirish, ham sholi hosili olish imkoni yaratilmoqda. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, mazkur usul orqali qo‘shimcha qariyb 5 tonna sholi yetishtirish, suv sarfini ikki barobarga qisqartirish va ichki bozorni qo‘shimcha oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash mumkin.

Mutaxassislar fikricha, baliqchilik va sholichilikni bir hududda uyg‘unlashtirish suv resurslaridan samarali foydalanish, yer unumdorligini oshirish hamda fermer xo‘jaliklarining daromadini diversifikatsiya qilishga xizmat qiladi. Bu esa suv tanqisligi kuchayib borayotgan sharoitda qishloq xo‘jaligida resurs tejovchi texnologiyalarni keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.