2026-yil 12-iyul kuni soat 18:26 da 112 qisqa raqami orqali kelib tushgan murojaatga asosan, Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani “Puchug‘oy” MFYda yashagan, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro Sirdaryo daryosida cho‘milish vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida suvga cho‘kib ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Maxsus qidiruv-qutqaruv otryadi qutqaruvchi g‘avvoslari tomonidan suv ostida, Namangan tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan esa suv ustida qidiruv ishlari uzluksiz olib borilmoqda.
Qidiruv ishlari yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.