Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan şahar bölimi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda aniqlanişiça, bölim boşliği F.A. va usta A.A. fuqaro B.K.ga tegişli «Gözal» MFYdagi noturar binoda elektr hisoblagiç nosozligini vaj qilib, dalolatnoma rasmiylaştirilsa, unga 300 mln söm jarima solinişini aytgan.
Ular 4 ming AQŞ dollari evaziga dalolatnoma rasmiylaştirmaslikni vaʼda qilgan. Kelişilgan puldan 2 500 dollarini olayotgan vaqtda xodimlar aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) va 212-moddasi (pora oliş-berişda vositaçilik qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.