Davlat xavfsizlik xizmati Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi hamda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining viloyat boşqarmasi hamkorligida tezkor tadbir ötkazildi.

Aniqlanişiça, 1979-yilda tuğilgan A.A. yuqori turuvçi taşkilotlarda işlovçi yaqin tanişlari orqali fuqaroni viloyatdagi tumanlardan birining tibbiyot birlaşmasi rahbari lavozimiga tayinlaşga kömaklaşişni vaʼda qilgan. Buning evaziga u fuqarodan 9 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatildi. Ayblanuvçiga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanildi.