Giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Ichki ishlar va Bojxona organlarini jalb qilgan holda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Davlatobod tumanida istiqomat qiluvchi, 1982 y.t., muqaddam sudlangan shaxsning yashash xonadonida tashkil qilingan narkolaboratoriya fosh etildi.

Tezkor tadbir davomida ushbu manzildan 1 kg 119 gr “gashish”, 111 gr “marixuana”, 493 gr kukunsimon moddalar, sintetik narkotiklar tayyorlashda foydalaniladigan formulalar ro‘yxati yozilgan varaqlar, turli xildagi kimyoviy suyuqliklar, giyohvandlik vositalarini qadoqlashda ishlatiladigan zip paketlar, respiratorlar, elektron tarozilar, quritish moslamalari va boshqa asbob-uskunalar hamda texnik vositalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,273-moddasi 6-qismi “a” bandi hamda 276 prim 1-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.