Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 6-noyabrdagi 610-son qarori bilan taşqi iqtisodiy faoliyatda mahsulotlar eksporti va importini miqdoriy çeklovlar orqali tartibga soliş töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Hujjatga muvofiq, eksport va import kvotalarini joriy etiş, taqsimlaş, maʼmuriy boşqariş hamda ular böyiça maʼlumotlarni taqdim etiş mexanizmi belgilandi.

Yangi tartibga köra, kvotalarni taqsimlaşning quyidagi usullari joriy etilmoqda:

  • «Aralaş taqsimot» — kvotaning 50 foizi murojaatlar kelib tuşiş navbatiga qarab, qolgan 50 foizi esa avvalgi davrdagi eksport yoki import körsatkiçlari asosida anʼanaviy eksportyor va importyorlar örtasida taqsimlanadi.
  • «Birinçi kelgan — birinçi oladi» — kvota bojxona yuk deklaratsiyalari Bojxona qömitasining Yagona avtomatlaştirilgan axborot tizimi tomonidan qabul qilingan kalendar kunlar xronologik ketma-ketligi asosida ajratiladi.

Kvotalarni taqsimlaşda barça talabgorlarning teng huquqliligi taʼminlanadi. Bunda mulkçilik şakli va davlat röyxatidan ötgan joyidan qatʼi nazar, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan kamsitişga yöl qöyilmaydi.

Miqdoriy çeklovlarni joriy etiş böyiça takliflar körib çiqilayotganda Bojxona qömitasi tegişli mahsulotlarning eksport va import hajmlari töğrisidagi batafsil maʼlumotlarni masʼul organga taqdim etadi.

Şuningdek, miqdoriy çeklovlarni joriy etiş töğrisida qaror qabul qilinganidan keyin bu haqdagi maʼlumotlar uç iş kuni içida Qömitaning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

«Birinçi kelgan — birinçi oladi» tamoyili asosida taqsimlanadigan kvotalar böyiça foydalanilgan hajm, joriy rezerv, erkin qoldiq hamda bojxona yuk deklaratsiyalari navbatiga oid umumlaştirilgan maʼlumotlar Yagona avtomatlaştirilgan axborot tizimida real vaqt rejimida şakllantiriladi.

Bunda tijorat sirini taşkil etuvçi maʼlumotlar oşkor qilinmaydi.

Yana bir muhim jihat: miqdoriy çeklovlar ularni joriy etişga asos bölgan holatlar davom etgan muddatdagina amal qiladi. Zarur hollarda çeklovlarning maqsadga muvofiqligi va mutanosibligi qayta körib çiqiladi.

Qaror Özbekiston Respublikasi Jahon savdo taşkilotiga rasman aʼzo bölgan sanadan boşlab kuçga kiradi.