Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Navoiy viloyati boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Navbahor tumani tibbiyot birlashmasi xodimi E.F. va reanimatsiya bo‘limi hamshirasi M.S. ushlangan.

Tekshiruv materiallariga ko‘ra, ular yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro M.M.ni Navbahor tumani tibbiyot birlashmasiga farrosh lavozimiga ishga joylashtirib berishni va’da qilgan.

Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilar mazkur xizmat evaziga talab qilingan 10 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik hamda pora berishga doir moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.