Shu bilan birga, Nepalda bedarak yo‘qolganlar soni 4 247 nafarga yetgan. Ular orasida 592 nafar xorijlik ham bor.

Qutqaruv-qidiruv ishlariga minglab mutaxassislar jalb qilingan. Biroq suv sathining ko‘tarilishi, yomon ob-havo va yangi ko‘chkilar hamda suv toshqinlari xavfi qutqaruv operatsiyalarini qiyinlashtirmoqda.

Tabiiy ofat yo‘l va ko‘priklarga jiddiy zarar yetkazgan. Jumladan, Nepal poytaxti Katmanduni mamlakatning janubiy hududlari bilan bog‘laydigan asosiy avtomobil yo‘llaridan biri ham vayron bo‘lgan.

Ayrim hududlarda halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash qiyin kechayotgani sababli noma’lum jasadlarni vaqtincha ommaviy qabrlarga dafn qilish boshlangan. Ulardan DNK namunalar olinib, keyinchalik yaqinlari tomonidan tanib olinishi uchun tegishli belgilar qo‘yilmoqda.

Suv toshqini 26 avgust kuni Nepalning Tibet bilan chegaradosh Rasuva hududida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ofat ko‘chki, muzliklarning erishi yoki yer osti silkinishlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.