Mamlakat markazida sodir bo‘lgan ko‘chki Budxi-Gandaki daryosi o‘zanini to‘sib qo‘ydi. Suv qirg‘oqlaridan toshib, oqim bo‘ylab ko‘chalarni suv bosdi. To‘fon shunchalik kuchli bo‘lganki, to‘rtta ko‘prik, yigirmata uy va qurilayotgan gidroelektrostansiyani vayron qildi. Besh kishi bedarak yo‘qolgan. Qirq to‘qqiz kishi qutqarilgan. Halok bo‘lganlar haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Rasmiylar zarar ko‘rgan hududlar aholisini xavfsizroq hududlarga ko‘chib o‘tishga chaqirdi. Bir oydan ko‘proq vaqt oldin Nepal-Tibet chegarasida muzliklarning qulashi halokatli suv toshqinlariga sabab bo‘lgan edi. Deyarli 1500 kishi halok bo‘ldi. 5000 dan ortiq odam hali ham bedarak yo‘qolgan, deb xabar berdi 24.kz.