Toshkent shahar hokimining qaroriga koʻra, mazkur shoxobchalarni joylashtirish bilan bogʻliq topografik ishlar uchun 140,4 mln soʻm mablagʻ ajratiladi.

Mablagʻlar Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan «Qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot, shaharsozlik kadastri loyihalash ilmiy-tadqiqot instituti» MCHJga ajratilishi belgilangan.

Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahrini 2026–2027 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qaroriga muvofiq qabul qilingan.

Hujjatga koʻra, 2026 yilda poytaxtning markaziy va turizm koʻchalari, xiyobonlar hamda aholi va sayyohlar tashrif buyuradigan obyektlar atrofida zamonaviy loyihalar asosida 100 ta sanitariya-gigiyena shoxobchasini soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tashkil etish belgilangan.

Ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi ustidan nazorat oʻrnatilishi belgilangan.