Hujjat Italiyaning Arsenale International kompaniyasi, O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ o‘rtasida tuzildi.

Bitimga Arsenale International bosh direktori Raffaele Breski, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova hamda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosari Hikmatulla Rahmetov imzo chekti.

Loyiha doirasida Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivani bog‘laydigan Markaziy Osiyodagi ilk hashamatli sayyohlik poyezdi yo‘lga qo‘yiladi.

Qayd etilishicha, yangi poyezd xorijiy sayyohlarga O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosi hamda Buyuk Ipak yo‘li shaharları bo‘ylab sayohat qilishning yangi va zamonaviy formati taklif etiladi. Loyiha mamlakatning turizm salohiyatini oshirish va xalqaro sayyohlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.