Mamlakatimiz iqtisodiyotida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish, ustuvor tarmoqlardagi muhim dasturlarni hayotga joriy etishda ko‘p qirrali va samarali hamkorlikni shakllantirish va mustahkamlashga, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi tub o‘zgarishlar jarayoniga munosib hissa qo‘shayotgani, shuningdek, yirik investitsiya va infratuzilma loyihalarini ro‘yobga chiqarish borasidagi faol ishtiroki, Yangi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va nufuzini oshirish yo‘lidagi ulkan sa’y-harakatlari hamda do‘stlik va o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab kelayotgani uchun quyidagilar mukofotlansin:  

 

“Do‘stlik” ordeni bilan

Ivan Sao - “BYD Auto” kompaniyasining Yevropa sotuv bo‘limi bosh direktori o‘rinbosari

Klod Imoven - Fransiyaning “MEDEF International” harakatining O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi

Masayoshi Fujimoto - “Sojitz” kompaniyasi direktori

Sabine Maxl - BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori

Turaman Sinan - Shayxontohur tumanidagi “Outdoor Factory Toshkent” mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Toshkent shahri

 

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Qahorova Nilufar Hamroyevna - AQSHning Garvard universiteti huzuridagi Boston bolalar shifoxonasi loyiha menejeri 

Yuldasheva Nodira Muxamedovna - Kanadaning Toronto shahridagi Kanadadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi asoschisi, “Sog‘lom yo‘l” tibbiy va diagnostik markazi rahbari 

 

“Shuhrat” medali bilan

Abdullayeva Shahlo Abdirashidovna - Koreya Respublikasining Kvangju shahridagi Migrant ayollar huquqlarini himoya qilish va ta’lim berish markazi rahbari

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev