Havo harorati asosan 18–21 daraja, shimoliy va janubiy hududlarda esa 23–26 daraja boʻladi.
Seshanba kuni Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida, shuningdek, kechasi va ertalab Fargʻona vodiysi viloyatlarida yomgʻir yogʻishi saqlanib turadi.
14–16 oktyabr kunlari respublikaning barcha hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi havo harorati 22–25 daraja, janubda esa 27–30 daraja boʻladi. Shamol tezligi sekundiga 7–12 metrni tashkil etadi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. 12–13 oktyabr kunlari yogʻingarchilik kuchli boʻlishi mumkin. Baland togʻlarda yomgʻir va qor yogʻishi kuzatiladi.
12 oktyabr kuni togʻ oldi va togʻli hududlarda sel va suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahrida 12 oktyabr kuni kunduzi vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Havo harorati 19–21 daraja boʻladi.
13–16 oktyabr kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 12–15 daraja, kunduz kunlari esa 22–25 daraja boʻladi.
Shamol sharqdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi.