Mazkur tantanali tadbirda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi birinçi vitse-prezidenti, FIFA qömitasi raisi örinbosari Ravşan Ermatov, Xorazm viloyati viloyati hokimi örinbosari Şerzod Berdiyev, bir guruh sport vakillari, universitet rahbariyati, professor-öqituvçilari hamda talaba-yoşlar iştirok etdi.

Tadbirni universitet rektori Feruza Madrahimova kiriş sözi bilan oçib berib, universitetda sport sohasini rivojlantiriş, talaba-yoşlarning jismoniy salohiyatini yuksaltiriş va ular uçun zamonaviy infratuzilma yaratiş ustuvor vazifalardan biri ekanini haqida töxtalib, mehmonlarga taşrif uçun minnatdorlik bildirdi.

Tantanali marosimda Özbekiston futbol assotsiatsiyasi birinçi vitse-prezidenti, FIFA qömitasi raisi örinbosari Ravşan Ermatov sözga çiqib, mamlakatimizda futbolni rivojlantiriş, yoşlar örtasida sportga bölgan qiziqişni yanada oşiriş yölida mazkur yangi barpo etilgan sport inşootlari talaba-yoşlarning professional sport sari intilişlarini qöllab-quvvatlaş va sport mahoratini takomillaştirişda muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladi. Universitet talabalarini yangi sport majmuasi bilan samimiy qutladi.

Şundan söng, musiqa sadolari ostida ramziy tasma kesildi.Oçiliş marosimidan söng, Özbekiston futbol assotsiatsiyasi birinçi vitse-prezidenti, FIFA qömitasi raisi örinbosari Ravşan Ermatov, Xorazm viloyati hokimi örinbosari Şerzod Berdiyev hamda tadbir iştirokçilari Urganç davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova hamrohligida foydalanişga topşirilgan yangi sport majmuasida yaratilgan şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar.

Taşrif davomida mehmonlarga futbol böyiça nazariy bilimlarni özlaştirişga möljallangan öquv xonalar, sportçilar uçun yaratilgan qulayliklar, sanitariya-gigiyena xonalari namoyiş etildi.

Hamkorlik materiali