Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda Falcon Hunting Solutions hamkorligida Qizil kitobga kiritilgan noyob qush — yo‘rğa tuvaloqlarni tabiiy muhitga qaytarish ishlari davom ettirilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, mazkur qush turi O‘zbekiston “Qizil kitob”i, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro uyushmasi (IUCN) Qizil ro‘yxati hamda yo‘qolib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi CITES Konvensiyasining 1-ilovasiga kiritilgan.

Loyiha doirasida har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi yovvoyi tabiat qo‘yniga 2 mingdan 3 ming boshgacha yo‘rğa tuvaloқ qo‘yib yuborish rejalashtirilgan.

Rejaga muvofiq, Qo‘ng‘irot tumanidagi Ustyurt tekisligiga jami 893 bosh yo‘rğa tuvaloқ qo‘yib yuborildi.