Ma’lum qilinishicha, Jarqo‘rg‘on tumani fuqarosi tanishlari bilan «Uchkо‘l» massiviga borganda ikki bosh noyob qush ovlanib, iste’mol qilinganiга guvoh bo‘lganini bildirgan.
Taqdim etilgan foto va videolarda bir necha fuqaroning jonsiz pushti saqoqqush bilan tushgani aks etgan. Tekshiruv davomida ular bu holatni «shunchaki qiziqish» deb izohlаgаn.
Ekopolitsiya tomonidan olib borilgan o‘rganishlarda ushbu fuqarolar ovchilik bilan shug‘ullanib kelgani va ularda ov qurollari mavjudligi aniqlangan. Qurollar vaqtincha saqlash uchun ichki ishlar bo‘limi tomonidan olib qo‘yilgan.
Holat yuzasidan tegishli qonunbuzarliklar rasmiylashtirildi. Noyob qushning ovlanishi oqibatida hayvonot dunyosiga 206 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgani ma’lum qilindi.
To‘plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun prokuratura organlariga yuborilgan.