Namangan viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boş boşqarmasi Ekopolitsiya tezkor guruhi hamda içki işlar organlari xodimlari hamkorligida ötkazilgan reyd-nazorat tadbiri davomida «Yangi asr» mahallasida yaşovçi K.B. qölga olindi.

Maʼlum bölişiça, fuqaro loçinlar oilasiga mansub bir dona yirtqiç quşni 160 AQŞ dollariga sotayotgan vaqtda uşlangan. Şuningdek, uning yaşaş xonadonida yana bir yovvoyi quş saqlanayotgani aniqlangan.

Namangan davlat universiteti Ilmiy kengaşi xulosasiga köra, uşbu quşlar Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan itolği (Falco çerrug) va qarçiğay (Accipiter gentilis) ekani tasdiqlangan.

Quşlar Töraqörğon tumanidagi maxsus pitomnikka topşirildi. Qonunbuzarlik oqibatida tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 1,3 milliard sömdan ziyod etib hisoblandi.

Holat yuzasidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, töplangan materiallar va aşyoviy dalillar prokuratura organlariga yuborildi.