Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi xabariga ko'ra, dastlabki epidemiologik surishtiruv jarayonida murojaat qilgan fuqarolar Uchkоʻprik tumani Navrўzshoh koʻchasida joylashgan fast-fud mahsulotlari tayyorlaydigan shohobchalardan birida xot-dog va non-burger kabi mahsulotlarni iste'mol qilgani aniqlangan.
Shifokorlar tomonidan bemorlarda ovqatdan zaharlanish holati gumon qilingan.
2026 yil 18 sentyabr soat 17:00 holatiga ko'ra, jami 37 nafar fuqaro tibbiy yordam so'rab murojaat qilgan. Ularning 31 nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Ayni vaqtda bemorlarga malakali mutaxassislar tomonidan tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
Holat yuzasidan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. Gumon qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari hamda bemorlardan tekshiruv oʻtkazish uchun tegishli namunalar olingan. Ular tegishli laboratoriyalarda tekshirilmoqda.
Tadbirkorlik subyektining faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtincha toʻxtatilgan.
Holat boʻyicha qoʻshimcha axborot taqdim etiladi.