Bu haqda Qişloq xöjaligi vazirligi maʼlum qildi.
Sönggi yillarda paxta hosildorligi gektariga 21 sentnerdan 56 sentnerga yetdi. Joriy yilda qariyb 400 ming gektar maydonda örtaça hosildorlik 70 sentnerni taşkil etdi. Qariyb 70 ming gektar yerning har gektaridan esa 100–110 sentnergaça hosil olindi.
Qayd etilişiça, bunday natijaga erişişda ilm-fan va işlab çiqariş integratsiyasining kuçaytirilişi, olimlarning ilmiy işlanmalari va tavsiyalarining bevosita dalalarga tatbiq etilişi muhim örin tutgan. Şuningdek, serhosil, mahalliy tuproq-iqlim şaroitlariga mos navlar va zamonaviy agrotexnologiyalardan foydalaniş kengaygan.
Ekiş va parvarişlaş texnologiyalari takomillaştirilib, ilğor agrotexnik usullar joriy etilgan. Suv tejovçi texnologiyalar hisobiga paxtaçilikda suv sarfi 1990-yillarga nisbatan ikki barobar kamaygan.
Joriy mavsumda yetiştirilgan paxta hosilining 85 foizi 3 mingdan ortiq zamonaviy paxta teriş maşinasi yordamida 30–35 kun içida yiğib olingan. Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida mexanizatsiyalaşgan terim darajasi 100 foizga yetgan.
Maʼlumotlarga köra, joriy yilda fermer xöjaliklari paxta yetiştirişdan 13–14 trillion söm sof foyda olişi kutilmoqda.
Kelgusi yilda paxta hosildorligini örtaça 65–70 sentnerga yetkaziş maqsad qilingan. Buning uçun serhosil navlar, agrodronlar, suv va energiya tejovçi texnologiyalar hamda sunʼiy intellekt imkoniyatlaridan foydalaniş közda tutilgan.