Mazkur tadbir O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi.
Taqdirlash marosimida tanlovning 12 ta nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholangan ijodiy ishlari alohida e’tirof etildi.
Gʻoliblarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar tantanali ravishda topshiriladi.
Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasiga yangi qabul qilingan 25 nafar a’zoga a’zolik guvohnomalari tantanali ravishda topshirildi.
«Atirgul» ko‘rik-tanlovi xotin-qiz jurnalistlarning kasbiy mahorati va ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning jurnalistika sohasidagi faoliyati va ijodiy izlanishlarini munosib e’tirof etish, shuningdek, jurnalistika rivojiga qo‘shayotgan hissasini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.
Mazkur tashabbus jurnalist ayollarning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini yanada kuchaytirish, ularning professional va ijodiy imkoniyatlarini namoyon etishlari uchun yangi maydon yaratish hamda sohaga yangi iste’dodlarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.