Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.

Oʻzbekiston va Germaniya davlat madhiyalari yangradi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini bir-birlariga tanishtirdilar.

Marosim yakunida birgalikda suratga tushildi, soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.