“Etimesgut” aeroportida davlatimiz rahbari va rafiqasini Turkiya Respublikasi savdo vaziri Oʻmer Bolat va boshqa rasmiylar kuzatib qoʻydi.

Kuni kecha Oʻzbekiston yetakchisi Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan uchrashuv oʻtkazdi hamda Turkiy davlatlar sivilizatsiyasi bogʻining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Bugun Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti boʻlib oʻtdi. Unda Prezidentimiz koʻp tomonlama sheriklikni yanada kengaytirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi hamda qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Tashrif doirasida Turkiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazildi.