Bloger öz sahifasida xonandaning klipini milliy maʼnaviyatga zid deb baholab, unga nisbatan zöravonlik va qotillikka undaş mazmunidagi sahnalarni namoyiş etgan. Uşbu video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab böldi.

Toşkent şahar IIBB maʼlum qilişiça, mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani içki işlar organlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilib, video muallifining şaxsi aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bloger öz qilmişidan puşaymonligini bildirib, jamoatçilikdan uzr söragan.

Tekşiruv yakuniga köra qonuniy qaror qabul qilinişi taʼminlanadi.

Toşkent şahar IIBB fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişda masʼuliyatli bölişga, qonun talablariga rioya etişga çaqirdi. Zero, ijtimoiy tarmoqlarda qonunçilikka zid mazmundagi videolarni tayyorlaş va tarqatiş belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bölişi mumkin.