2026-yilgi FAO Jahon oziq-ovqat forumida Özbekiston tomonidan ilgari surilgan taşabbus mintaqaning qişloq xöjaligi, ilm-fan, oziqlaniş, investitsiya va logistika imkoniyatlarini umumiy maqsad atrofida birlaştirişga qaratildi.
Jahon oziq-ovqat forumi yoşlar taşabbuslari, ilm-fan, innovatsiya va investitsiya bir maydonda uçraşadigan xalqaro platformadir. Turli mamlakatlar bu yerda global oziq-ovqat xavfsizligi uçun öz yeçimlarini taqdim etadi. Biz Markaziy Osiyoning imkoniyatlarini umumiy oziq-ovqat savati, quruqlik orqali boğlangan mintaqaviy tizim va uni amalga oşirişga xizmat qiladigan 7D modeli orqali bir butun holda körsatişni taklif qildik.
Taklifning markazida oddiy, ammo strategik ğoya bor. Markaziy Osiyo davlatlarining dengizga çiqiş imkoniyati çeklangan bölsa-da, ular bir-biri bilan quruqlik orqali boğlangan.
Ana şu yaqinlikni işlab çiqariş, ilm-fan, logistika va bozorni birlaştiradigan ustunlikka aylantiriş mumkin. Buning uçun har bir mamlakatning alohida imkoniyati umumiy zanjirda öz örnini topişi kerak.
Şu maqsadda Central Asian Food Systems Compact, yaʼni Markaziy Osiyo oziq-ovqat tizimlari böyiça mintaqaviy hamkorlik dasturi taklif etildi. Uning amaliy asosini yettita D taşkil qiladi: Data, Diversification, Design, Doable, Discipline, Durable va Dignity. Özbekça mazmunda bular maʼlumot, diversifikatsiya, tizimni töğri loyihalaş, amalda işlaydigan yeçim, intizom, davomiylik va inson qadrini anglatadi. Muhimi, bu tamoyillar bir-birini töldirib işlaşi lozim.
Forum iştirokçilari bilan muhokamalarda yondaşuv qiziqiş uyğotdi. Uning mantiğini dengizga çiqişi çegaralangan boşqa davlatlar va Global Janub mamlakatlariga ham mahalliy şaroitni hisobga olgan holda moslaştiriş imkoniyati muhokama qilindi. Demak, Markaziy Osiyoda boşlanadigan amaliy hamkorlik kengroq tajriba almaşinuvi uçun ham asos bölişi mumkin.
Yetti raqami bu taşabbusda davomiylik ramzidir. Hafta yetti kundan iborat bölgani kabi oziq-ovqat xavfsizligiga eʼtibor ham haftadan haftaga, mavsumdan mavsumga va avloddan avlodga uzilmasligi kerak. Bu odamlarni dam olişsiz işlatişga çaqiriq emas. Gap aholi taʼminoti, ilmiy kuzatuv va xizmatlarni barqaror yölga qöyadigan işonçli muassasalar, uzoq muddat amal qiladigan kelişuvlar va boşlangan işni oxiriga yetkaziş masʼuliyati haqida bormoqda.
D harfi yetti tamoyilning boş harfidir. Biz unga inglizçadagi “depend on one another” — “bir-birimizga tayanamiz” degan ramziy maʼnoni ham yuklaymiz. Mamlakatlarimiz mustaqil, oziq-ovqat tizimlarimiz esa özaro boğliq. Bir hududdagi suv, energiya, hosil yoki transport masalasi qöşni hududdagi fermer va isteʼmolçi hayotiga ham taʼsir qiladi. Bu boğliqlik özaro masʼuliyatni talab etadi.
Markaziy Osiyoda buning hayotiy asosi bor. Suv rejimi energiya işlab çiqariş, suğoriş va hosilga, transportdagi keçikiş esa fermer daromadi va bozor narxiga taʼsir qiladi. Şuning uçun hamkorlikda vazifalar, xarajat va foyda taqsimoti hamda natijani ölçaş mezonlari oldindan kelişib olinişi zarur. Yetti tamoyil ana şu boğliqlikni har bir tomonning aniq majburiyati va manfaatiga aylantirişga xizmat qiladi.
Yaxlit mexanizm va iqtisodiy qiymat
Markaziy Osiyo mamlakatlarining tabiiy şaroiti, işlab çiqariş imkoniyati va agrar tajribasi turliça. Umumiy oziq-ovqat savatining kuçi ham şu xilma-xillikda. Bir mamlakatdagi bilim, resurs yoki mahsulot qöşni davlatning ehtiyoji bilan uçraşganda, alohida imkoniyatlar özaro manfaatli hamkorlikka aylanadi.
Qozoğiston ulkan ğalla maydonlari, moyli ekinlar, çorvaçilik va tranzit salohiyatiga ega. Qirğiziston toğ yaylovlari, çorvaçilik, suv resurslari va kiçik fermer xöjaliklari bilan ajralib turadi. Tojikiston toğ dehqonçiligi, boğdorçilik va suv manbalarini boşqariş tajribasiga ega. Turkmaniston quruq iqlimda dehqonçilik yuritiş, çorvaçilik va tranzit imkoniyatlariga tayanadi. Özbekiston esa intensiv dehqonçilik, paxtaçilik, meva-sabzavotçilik, ilm-fan, qayta işlaş va aholi ziç joylaşgan katta bozorni birlaştiradi.
Bu imkoniyatlar bir tizimga boğlangandagina umumiy oziq-ovqat savati şakllanadi. Bir mamlakatda yaratilgan uruğ yoki texnologiya boşqa mamlakat fermeriga yetib borişi, ilmiy natija dalada sinovdan ötişi, mahsulot saqlaş va sovitiş tizimiga ulanişi zarur. Keyin u çegaradan ortiqça tösiqlarsiz ötib, isteʼmolçiga sifatli holda yetişi kerak. Fermer mehnatining qiymati şu yölning oxirigaça saqlanişi muhim.
Şuning uçun quruqlik orqali boğlanganlik avtomobil va temir yöllar bilan birga umumiy standartlar, fitosanitariya va veterinariya xavfsizligi, suv va iqlim maʼlumotlari, ilm-fan, raqamli kuzatuv, moliya, sovitiş zanjiri va qayta işlaşni ham qamrab oladi. Yöl mahsulotni olib ötadi, işonçli tizim esa uning sifati va iqtisodiy qiymatini saqlaydi. Geografik yaqinlik ana şunday hamkorlik orqali amaliy ustunlikka aylanadi.
Birinçi D — Data, yaʼni maʼlumot. Mintaqaviy hamkorlikni rejalaştiriş uçun har bir hududda yetiştiriladigan mahsulot hajmi, suv tanqisligining özgarişi, navlarning tuproq va iqlimga mosligi haqida işonçli maʼlumot kerak. Aholining oziqlaniş ehtiyoji, bozorlar örtasidagi narx farqi, fermer xarajati va daromadi şu manzaraning bir qismidir. Masalan, hosil möl bölgan hududni biliş bilan birga uni qayerda saqlaş va qaysi bozorga yetkazişni ham hisoblaş lozim.
Şu ehtiyojdan kelib çiqib, mintaqaviy Oziq-ovqat savati observatoriyasini taşkil etiş taklif qilindi. U işlab çiqariş, suv, tuproq, oziqlaniş, savdo, logistika va fermer iqtisodiyoti böyiça taqqoslanadigan maʼlumotlarni birlaştirişi mumkin. Bunday tahlil investitsiyani ehtiyoj bor joyga yönaltiriş, xavfni ertaroq köriş va hamkorlik natijasini baholaşga yordam beradi. Blue Nutrition yönalişida baliq va boşqa dengiz mahsulotlarining oziqaviy tarkibi, hamyonbopligi va aholiga qay darajada yetib borayotganini ham örganiş zarur.
Xilma-xillik barqarorlik demakdir
Ikkinçi D — Diversification, yaʼni diversifikatsiya. Bu yondaşuv ekinlar bilan birga navlar, texnologiyalar, mahsulotlar, bozorlar, moliya manbalari va hamkorlar doirasini kengaytirişni anglatadi. Bir yönalişda qiyinçilik tuğilganda boşqa imkoniyatlar işlab turişi fermer uçun ham, mintaqa uçun ham muhim. Şu bois, xilma-xillik oziq-ovqat tizimi barqarorligiga xizmat qiladi.
Buning eng oddiy ifodasi oila dasturxonida körinadi. Ğalla oziq-ovqat xavfsizligining asosi bölib qoladi, tölaqonli oziqlaniş esa meva, sabzavot, dukkaklilar, kartoşka, göşt, sut, tuxum va baliq mahsulotlarini ham talab etadi. Işlab çiqarişdagi xilma-xillik aholining soğlom oziqlanişi va qişloqdagi daromad manbalari bilan boğlanişi kerak.
Şu nuqtada Blue Nutrition, yaʼni baliq va boşqa dengiz mahsulotlari orqali aholining oziqlanişini yaxşilaş konsepsiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Markaziy Osiyoda dengiz mahsulotlarini dasturxonga muntazam yetkaziş imkoniyati çeklangan. Oçiq dengiz va okeanlarga bevosita çiqiş yöli yöqligi ularni taşiş, sovitiş va saqlaşni qiyinlaştiradi. Şu bois, bu masalani mamlakatlarimiz birgalikda hal etişi zarur.
Ayni paytda özimizda yetiştiriladigan baliqning oziqaviy qiymatini ham çuqurroq örganişimiz kerak. Çuçuk suv va dengiz baliqlarida yod, omega-3 yoğ kislotalari va boşqa oziq moddalar miqdori bir xil emas. U baliq turi, ozuqasi va yetiştiriş şaroitiga qarab özgaradi. Demak, aholining oziqlaniş ehtiyojini qondirişda baliq yetiştiriş hajmi bilan birga uning tarkibi va dasturxondagi mahsulotlar xilma-xilligiga ham eʼtibor qaratiş lozim.
Buning uçun ikki yönalişni uyğun yurgizişimiz zarur. Bir tomondan, Markaziy Osiyoda suv omborlari, daryolar, kanallar va xöjalik havzalarining baliqçilik imkoniyatlaridan suv resurslari va ekotizimlarni asragan holda foydalanişimiz kerak. Ikkinçi tomondan, dengiz va okeanböyi davlatlari bilan Blue Nutrition böyiça qöşma dasturlarni kengaytirişimiz lozim. Bunday hamkorlik ilmiy tajriba va texnologiya almaşiş, mahsulotlarning oziqaviy tarkibini örganiş hamda dengiz mahsulotlarini xavfsiz va hamyonbop yetkazib berişni qamrab olişi mumkin. Baliqçilik dehqonçilik, ozuqa işlab çiqariş, sovitiş, veterinariya, bioxavfsizlik va bozor bilan boğlansa, aholining oqsil va boşqa zarur oziq moddalarga boy mahsulotlardan foydalaniş imkoniyati kengayadi. Blue Nutrition şu tariqa mamlakatlarimizni umumiy oziqlaniş maqsadlari atrofida birlaştirib, mintaqaviy hamkorlikni dengizböyi hamkorlar bilan boğlaydi.
Kartoşkaçilikda ham şu mantiq işlaydi. Maydonni kengaytiriş bilan birga soğlom uruğ, mahalliy uruğçilik, navni hududga mos joylaştiriş, suv va oziqlantiriş, kasalliklar nazorati, saqlaş va qayta işlaşni uyğunlaştiriş zarur. Dalada yaxşi hosil olinib, saqlaşda uning sifati yöqolsa, fermer kutgan daromadga erişa olmaydi.
Uçinçi D — Design, yaʼni tizimni töğri loyihalaş. Yaxşi ğoyani amalga oşiriş uçun uning atrofidagi işlar ham puxta taşkil qilinişi lozim. Ilmiy natijani sinaydigan taşkilot, fermer xavfini kamaytiriş çoralari, mahsulotni oladigan xaridor, moliyalaştiriş muddati va natijani baholaş mezonlari boşidanoq belgilanişi kerak. Şunda olimning işi fermer, bank va bozor imkoniyatlari bilan öz vaqtida tutaşadi.
Central Asian Food Systems Compact ana şu boğlanişni taşkil etişga qaratilgan. U mavjud milliy va mintaqaviy institutlarni aniq vazifalar atrofida birlaştiradigan ixçam hamkorlik platformasi bölişi lozim. Katta yangi byurokratik tuzilma yaratişdan köra, mavjud imkoniyatlarni bir maqsadga işlatiş muhim.
Fermer xöjaligida işlaydigan yeçim
Törtinçi D — Doable, yaʼni amalda bajariş mumkin bölgan yeçim. Qişloq xöjaligida ilmiy yangilikning yöli maqola yoki laboratoriya natijasi bilan tugamaydi. U mahalliy dalada, fermerning mehnati va mablaği bilan, bozor şaroitida işlaşi kerak. Fermer uni qöllay olişi va nafini öz xöjaligida körişi ilmning amaliy qiymatini oçadi.
Şu maqsadda “proof-of-use”, yaʼni amalda foydalaniş isbotiga asoslangan grant va moliyalaştiriş mexanizmlari taklif etildi. Grant ilmiy natija yoki prototip yaratişdan keyin ham yeçimni fermer bilan birga sinaş va qöllaşni qöllab-quvvatlaydi. Bu ilm bilan uning birinçi foydalanuvçisi örtasidagi masofani qisqartirişga qaratilgan.
Ilmiy mexanizm va texnologiya yaratilgaç, yeçim mahalliy tuproq va iqlimda sinaladi. Fermer uning xarajati, mehnat talabi va xavfini baholaşda iştirok etadi. Mahsulot sifati, xaridor va bozor imkoniyati ham örganiladi. Ana şu bosqiçlarda töplangan dalillar kengaytiriş uçun investitsiya jalb qilişga asos böladi.
Navbatdagi mablağ avvalgi bosqiçdagi tekşirilgan natijaga qarab ajratiladi. Samara bermagan loyiha oçiq baholanib, özgartiriladi yoki töxtatiladi. Halol ilmiy xatoni yaşirmasdan, undan örganiş imkoniyati bölişi kerak. Şu bilan birga, mablağni yillar davomida ajratiş yeçimning amaldagi natijasi bilan asoslanişi lozim.
Intizom texnologiyaning bir qismidir
Beşinçi D — Discipline, yaʼni intizom. Özbekiston paxtaçiligi bu tamoyilning amaliy ahamiyatini körsatdi. 2021-2025-yillarda paxta maydoni 1 million 31 ming gektardan 875,6 ming gektarga kamaydi. Şu bilan birga, umumiy hosil 19,3 foiz ösib, qariyb 4 million tonnaga yetdi. Örtaça hosildorlik gektariga 3,24 tonnadan 4,55 tonnaga oşdi. Boşqaça aytganda, kamroq yerda köproq hosil oliş imkoni paydo böldi. 2026-yilda esa örtaça hosildorlik gektariga 5,2 tonnaga yetib, jami 4,5 million tonna paxta xomaşyosi yetiştirilişi kutilmoqda.
Bu natijada özaro boğlangan agrotexnik tadbirlarning örni katta. Paxtaçilikda işlab çiqilgan sakkiz qonuniyat soğlom köçat qalinligi, töğri ekiş sxemasi, ösimlik arxitekturasini boşqariş, muvozanatli oziqlantiriş, pişib yetilişni öz vaqtida boşqariş, uyğunlaşgan himoya, har bir işni belgilangan muddat va ketma-ketlikda bajariş hamda ekologik toza dala tamoyillarini qamrab oladi. Ular bajarilişi şart bölgani uçun “qonuniyat” deb nomlangan. Ularning samarasi bir-birini töldirib işlaşida.
Yettinçi qonuniyat, ayniqsa, muhim: bir agrotexnik böğin ötkazib yuborilsa, keyingi tadbirlar samarasi pasayişi mumkin. Mintaqaviy oziq-ovqat tizimida ham sifat standarti, sovitiş zanjiri, çegaradan ötiş muddati, kasalliklar monitoringi va investitsiya majburiyatlari öz vaqtida bajarilişi zarur. Daladagi mehnat çegaradagi keçikiş yoki sovitişdagi uziliş sabab qadrsizlanib qolmasligi şart.
Özbekistonda işlab çiqilgan sakkiz qonuniyatning mantiğini boşqa ekinlarga, Markaziy Osiyo va Global Janub mamlakatlariga mahalliy şaroitni hisobga olgan holda moslaştiriş mumkin. Bunda töliq texnologiya, öz vaqtida bajariş va natijani ölçaş tamoyili saqlanadi. Aniq agrotadbir esa har bir ekin va hududning xususiyatiga qarab tanlanadi.
Mavsumdan mavsumga saqlanadigan samara
Oltinçi D — Durable, yaʼni davomli va barqaror natija. Bir yil yuqori hosil oliş muhim, ammo keyingi mavsumlar uçun tuproq, suv va fermerning iqtisodiy imkoniyati saqlanişi kerak. Suvni ortiqça sarflab, tuproqni zaiflaştirib yoki xöjalikni qarzga botirib olingan natija uzoqqa bormaydi.
Ğözapoyani bioçarga aylantiriş bu boğliqlikni körsatadigan misollardan biridir. Töğri texnologiya va mahalliy şaroitga qarab, bioçar tuproqda uglerod va namni saqlaşga, organik qoldiqdan qöşimça qiymat yaratişga yordam berişi mumkin. Natijani tekşiriş va şaffof hisobga oliş tizimi mavjud bölsa, karbon bozori ham qöşimça daromad imkoniyatini beradi. Bunda tuproq, suv, iqtisod, bozor va inson manfaati birgalikda köriladi.
Avvalo, texnologiyaning tuproqqa, hosilga va fermer iqtisodiyotiga foydasi tasdiqlanişi şart. Karbon daromadi ana şu haqiqiy natija ustiga qurilgan qöşimça manba bölişi lozim. Xöjalikning asosiy iqtisodiy mantiği faqat kelajakdagi karbon kreditiga boğlanib qolmasligi kerak.
Islohot markazida
inson qadri
Yettinçi D — Dignity, yaʼni inson qadri. Qişloq xöjaligidagi har qanday texnologiya oxir-oqibat inson hayotiga taʼsir qiladi. Şuning uçun tonna, gektar va eksport körsatkiçlari bilan birga fermer xonadonida, qişloq hayotida va isteʼmolçi dasturxonida yuz berayotgan özgarişni ham köriş zarur.
Fermer daromadi oşişi, xavfi kamayişi, xotin-qizlar va yoşlar uçun yangi imkoniyatlar paydo bölişi, sifatli va soğlom oziq-ovqat isteʼmolçiga yetib borişi şu natijaning asosiy mezonlaridir. Texnologiya haqidagi qarorda fermerning fikri eşitilişi va manfaati hisobga olinişi ham “Dignity”ning amaliy ifodasidir.
Bu yerda Özbekiston ilgari surayotgan STEM+HECI yondaşuvi alohida ahamiyatga ega. STEM — tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik va matematika — genetika, agronomiya va raqamli yeçimlarni rivojlantiriş uçun bilim beradi. HECI esa “Humanity, Ethics, Creativity va Imagination”, yaʼni insonparvarlik, axloq, ijodkorlik va tasavvur orqali şu bilimlarni inson manfaatiga yönaltirişga xizmat qiladi.
Ilm amalga oşiriş mumkin bölgan yeçimlarni körsatadi. Insonparvarlik va axloq ularni jamiyat ehtiyoji va kelajak oldidagi masʼuliyat bilan uyğunlaştiradi. Şu bois, fermer texnologiyani tanlaş, sinaş, baholaş va takomillaştirişda faol iştirok etişi lozim. Uning bilimi, mehnati, maʼlumotlariga doir huquqlari va zimmasiga oladigan xavfi adolatli hisobga olinişi kerak.
Şunda iştirok maslahat söraş bilan tugamaydi. Fermerning fikri qarorga taʼsir qiladi, manfaati va masʼuliyati esa boşqa iştirokçilar bilan birga belgilanadi. Inson qadri amaliyotda ana şunday namoyon böladi.
Epigenetikaga asoslangan dehqonçilik
7D tamoyillarining birga işlaşini taşabbusning ustuvor ilmiy yönalişlaridan biri — epigenetik bilimga asoslangan dehqonçilik misolida köriş mumkin. Bu yondaşuv ösimlikning mavjud genetik imkoniyatini muhit va parvariş bilan uyğunlaştirişga eʼtibor qaratadi.
Yaxşi nav katta imkoniyatga ega, ammo bu imkoniyat tuproq, harorat, suv, oziqlantiriş va boşqaruv taʼsirida namoyon böladi. Ayrim muhit taʼsirlari genlar işlaşini özgartirişi mumkin. Şuning uçun uruğning ekişgaça bölgan holati va keyingi parvarişni tuşuniş genetik bilimning daladagi qiymatini oçişga yordam beradi.
Özbekistonda buğdoy uruğini ekişdan oldin sovuq şaroitda çiniqtiriş, navni hududga mos joylaştiriş, tuproq va suvni boşqariş hamda muvozanatli oziqlantiriş kabi yondaşuvlar sinovdan ötdi. 2026-yilgi milliy tahlilga kiritilgan taqqoslanadigan maydonlarda örtaça hosildorlik gektariga 97,8 sentnerga yetdi. Bu natija genetika va agrotexnikani birgalikda örganişning amaliy ahamiyatini körsatadi.
Bu raqamni boşqa dalalar uçun tayyor kafolat deb qabul qiliş töğri bölmaydi. Har bir fermerning yeri, suvi, navi va agrotexnikasi turliça. Asosiy mantiq yaxşi genetika imkoniyatini töğri muhit va parvariş bilan oçişdir. Buning uçun har bir yeçimning mahalliy şaroitda beradigan natijasi ölçanişi kerak.
Törtta umumiy missiya
Markaziy Osiyo oziq-ovqat tizimlari dasturini törtta umumiy missiya atrofida boşlaş taklif qilindi. Ular mamlakatlarni muayyan muammo va ölçanadigan natija atrofida birlaştirişi, har bir davlatning ilmiy va amaliy imkoniyatiga tayanişi lozim.
Birinçi missiya epigenetik bilimga asoslangan dehqonçilikka qaratildi. Ikkinçisi Blue Nutrition orqali baliq va boşqa dengiz mahsulotlarining oziqlanişdagi örnini kengaytirişni qamrab oldi. Bu yönaliş mahalliy baliqçilikni rivojlantiriş, mahsulotlarning oziqaviy qiymatini örganiş va dengizböyi davlatlari bilan hamkorlikda aholining turli suv mahsulotlaridan foydalaniş imkoniyatini oşirişni birlaştiradi. Uçinçisi mahsulotni dala, saqlaş, qayta işlaş, transport va bozor bilan boğlaydigan quruqlik logistika yölaklarini şakllantirişga yönaltirildi. Törtinçisi organik qoldiqlar, bioçar, tuproq salomatligi va tekşiriladigan karbon daromadini birlaştiruvçi aylanma uglerod qişloq xöjaligini nazarda tutdi.
Bu missiyalarni birlaştiruvçi talab ham umumiy: ilmiy mexanizm tuşunarli, mahalliy sinov işonçli, fermer iqtisodiyoti hisoblangan, xavfsizlik, ekologik taʼsir va bozor imkoniyati baholangan bölişi zarur. Natija şaffof ölçanganda hamkorlar keyingi qadamni birgalikda belgilay oladi.
Rimdagi yetti taklifdan daladagi natijaga
Rimda ilgari surilgan yettita taklif ana şu ğoyalarni daladan dasturxongaça bölgan amaliy zanjirga aylantirişga qaratildi. Ularning tayançi Food Systems Compact bölişi taklif etildi. Mamlakatlar şu dastur doirasida umumiy maqsadlar, vazifalar va har bir hamkorning masʼuliyatini kelişib olişi mumkin.
Bunday hamkorlikka işonçli maʼlumot kerak. Taklif etilgan Oziq-ovqat savati observatoriyasi suv tanqisligi, mahsulot hajmi, oziqlaniş ehtiyojlari va taşiş xarajatlari haqidagi maʼlumotlarni birlaştirişi lozim. Şunda umumiy qarorlar ehtiyoj, imkoniyat va mavjud çeklovlarni aniqroq hisobga oladi.
Keyingi qadam yangilikni fermer bilan birga sinaşdir. Har bir mamlakatda 7D asosida Living Labs — olim va fermer birga işlaydigan amaliy sinov maydonlarini taşkil etiş taklif qilindi. Mintaqaviy proof-of-use moliyalaştirişi yeçimni laboratoriyadan daladagi haqiqiy foydalanişgaça qöllab-quvvatlaşi kerak. Fermerning özi uning nafini körişi bu jarayonning muhim natijasidir.
Epigenetik bilimga asoslangan dehqonçilik va Blue Nutrition böyiça qöşma ilmiy missiyalar ham şu maqsadga xizmat qiladi. Biri genetika va agrotexnika uyğunligini örgansa, ikkinçisi mahalliy baliqçilik, dengiz mahsulotlarining oziqaviy qiymati va dengizböyi hamkorlar bilan aloqalarni soğlom oziqlaniş maqsadiga boğlaydi. Mahsulotni saqlaş, qayta işlaş va bozorga yetkaziş uçun esa quruqlik orqali boğlangan oziq-ovqat yölaklariga qöşma investitsiya portfelini tayyorlaş taklif etildi. Bu yölaklarda sovitiş zanjirining uzluksiz işlaşi baliq va dengiz mahsulotlari uçun, ayniqsa, muhim.
Boşqa mintaqada ustuvor vazifa özgaça böladi. Suv tanqis hududda hamkorlik suvdan samarali foydalanişga, mahsulot tez buziladigan joylarda sovitiş va qayta işlaşga qaratilişi mumkin. Blue Nutrition esa dengizböyi va dengizga çiqişi çeklangan mamlakatlar imkoniyatlarini boğlaydi. Barqaror baliqçilik, oziqaviy qiymatni hisobga olgan savdo va işonçli sovitiş zanjiri orqali turli suv mahsulotlarini aholiga xavfsiz va hamyonbop yetkaziş mumkin. Umumiy daryo havzasi yoki savdo yölagi atrofidagi mamlakatlar şu vazifalar uçun öz hamkorlik dasturini tuzadi. Umumiy mantiq saqlanadi, amaliy yeçim mahalliy şaroitdan kelib çiqadi.
Bunday dasturlarda ham yetti tamoyil birga işlaydi. Mamlakatlar ölçov va sifat talablarini kelişadi, yeçimlarni öz şaroitida sinaydi, masʼullar va moliya manbalarini belgilaydi. Milliy qarorlar har bir davlat vakolatida qoladi, transçegaraviy masalalar kelişuv asosida hal etiladi. Xarajat va foyda adolatli taqsimlanişi hamkorlikni işonçli qiladi va uni uzoq muddat saqlaşga yordam beradi.
Natijani eksport yoki yalpi hosil bilan birga fermer daromadi, oziq-ovqatning aholi uçun hamyonbopligi, ovqatlaniş sifati, tejalgan suv va kamaygan yöqotişlar orqali ham baholaş lozim. Markaziy Osiyodagi sinovlar şu körsatkiçlar böyiça işonçli natija bersa, tajribani boşqa mintaqalarga taklif qiliş uçun amaliy asos paydo böladi. Bunda tarqatiladigan narsa tayyor qolipdan köra, mahalliy yeçim yaratiş va uni birgalikda tekşiriş tajribasidir.
Şu tariqa Markaziy Osiyo jahon oziq-ovqat savatiga mahsulot bilan birga hamkorlik tajribasini ham taklif qilişi mumkin. Maqola boşidagi oila dasturxoniga qaytsak, bu taşabbusning haqiqiy maʼnosi yanada aniq körinadi. Fermer yetiştirgan hosil isteʼmolçiga yetib borsa, uning mehnati daromadga aylansa, dasturxon boyib, suv va tuproq keyingi mavsumlar uçun ham asralsa, hamkorlik öz maqsadiga xizmat qilgan böladi.
Ibrohim ABDURAHMONOV,
qişloq xöjaligi vaziri,
akademik