Bunday şaroitda taşqi siyosatni bir yönaliş yoki çeklangan hamkorlar doirasi bilan boğlab qöyiş iqtisodiy va siyosiy tavakkalçilikni oşiradi.

Aksinça, özaro manfaatli aloqalar geografiyasini kengaytiriş, turli davlatlar bilan barqaror şeriklik mexanizmlarini şakllantiriş mamlakatning strategik imkoniyatlarini mustahkamlaydi. Şu maʼnoda, köp vektorli taşqi siyosat şunçaki diplomatik aloqalarni köpaytiriş emas, balki milliy manfaatlarni xalqaro hamkorlikning keng va muvozanatli tizimi orqali taʼminlaşdir.

Özbekiston keyingi yillarda şunday yondaşuvda izçil. Bu siyosatning muhim jihati şundaki, Özbekiston biror mintaqa bilan yaqinlaşişni boşqa hamkorlardan uzoqlaşiş hisobiga amalga oşirmayapti. Aksinça, turli yönalişlardagi manfaatlarni uyğunlaştiriş, iqtisodiy şeriklikni siyosiy muloqot bilan mustahkamlaş hamda xalqaro munosabatlarda oçiq va pragmatik yondaşuvni qaror toptirişga intilmoqda.

Prezidentimizning Ömon Sultonligiga davlat taşrifini ana şu strategiyaning mantiqiy davomi sifatida baholaş mumkin. Nazarimizda, mazkur taşrifning ahamiyati faqat ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar rivoji bilan çegaralanmaydi. U Özbekistonning Markaziy Osiyo va Fors körfazi mintaqalari örtasida şakllanayotgan yangi siyosiy-iqtisodiy hamkorlik tizimida faol iştirok etişga intilişini ham namoyon etadi.

Albatta, ikki mamlakatning bugungi yaqinlaşuvi tasodif emas. Özbekiston va Ömon xalqlarini tarixiy savdo yöllari, Şarq sivilizatsiyasining muştarak ilmiy-maʼnaviy merosi va olis davrlarga borib taqaladigan madaniy aloqalar boğlab turadi. Ikki davlat örtasidagi zamonaviy diplomatik munosabatlar 1992-yilda örnatilgan bölsa-da, uzoq vaqt mobaynida mavjud salohiyat bilan hamkorlik örtasida tafovut saqlanib qoldi. Savdo aloqalari çeklanib, logistika imkoniyatlari yetarli darajada işga solinmadi. Keyingi yillarda siyosiy muloqot faollaşib, biznes hamjamiyatlari örtasidagi aloqalar jadallaşgani şu imkoniyatlardan foydalanişga yangi şaroit yaratdi.

Masqatda erişilgan kelişuvlarning tarixiy ahamiyati, avvalo, Özbekiston va Ömon munosabatlarining strategik şeriklik darajasiga kötarilganida namoyon böladi. Bu oddiy diplomatik maqom özgarişi emas. Strategik şeriklik mamlakatlar örtasidagi hamkorlikni alohida loyihalar va qisqa muddatli manfaatlar doirasidan çiqarib, uzoq muddatli maqsadlar, özaro işonç va muvofiqlaştirilgan harakatlar asosida rivojlantirişni anglatadi.

Taşrif yakunida 30 dan ortiq hujjat qabul qilingani, 5 milliard dollarlik loyihalar portfeli şakllantirilgani, qöşma investitsiya kompaniyasi ustav kapitalini 500 million dollarga yetkaziş masalasi ilgari surilgani ana şu yondaşuvning amaliy ifodasidir. Biroq bu yerda muhim bir masalaga eʼtibor qaratiş zarur: hamkorlikning haqiqiy samaradorligi imzolangan hujjatlar yoki eʼlon qilingan investitsiya miqdori bilan emas, balki ularning iqtisodiyotda qanday natija berişi bilan belgilanadi. Loyihalar işga tuşişi, yangi işlab çiqariş quvvatlari yaratilişi, eksport bozorlari kengayişi va aholi bandligiga qöşadigan hissasi strategik şeriklikning asosiy mezonlari bölişi lozim.

Taşrifning eng muhim geoiqtisodiy jihatlaridan biri transport va logistika sohasidagi hamkorlikdir. Çunki Özbekiston xalqaro suv yöllariga bevosita çiqiş imkoniyatiga ega emas. Bu holat taşqi savdo xarajatlari, tranzit yönalişlarini tanlaş va xalqaro bozorga çiqiş imkoniyatlariga bevosita taʼsir körsatadi. Şu bois, mamlakatimiz uçun transport yölaklarini diversifikatsiya qiliş faqat iqtisodiy vazifa emas, balki uzoq muddatli strategik zaruratdir.

Hamkorlikning yana bir muhim xususiyati ikki mamlakat iqtisodiy imkoniyatlarining özaro töldiruvçanligidadir. Özbekiston sanoat işlab çiqarişi, mineral xomaşyo, qişloq xöjaligi va mehnat resurslari jihatidan katta salohiyatga ega. Ömonda esa investitsiya kapitali, xalqaro logistika, port infratuzilmasi va taşqi bozorlar bilan aloqalar sohasida muhim imkoniyatlar bor. Uşbu salohiyatni birlaştiriş oddiy tovar ayirboşlaşdan yuqori qöşilgan qiymat yaratadigan sanoat kooperatsiyasiga ötiş uçun asos böla oladi.

Ömonning iqtisodiyotni diversifikatsiyalaşga qaratilgan “Ömon — 2040” dasturi bilan Özbekistonning uzoq muddatli taraqqiyot maqsadlari örtasida ham muhim uyğunlik mavjud. Har ikki mamlakat uçun sanoatni modernizatsiyalaş, innovatsiyani rivojlantiriş, zamonaviy infratuzilma yaratiş va inson kapitalini kuçaytiriş ustuvor vazifalardan hisoblanadi.

Mazkur taşrifning yana bir strategik jihati uni Markaziy Osiyo va Fors körfazi davlatlari örtasidagi munosabatlar rivoji bilan boğliq holda baholaş zaruratidir. Bugungi kunda Markaziy Osiyo tobora yaxlit iqtisodiy makon va xalqaro transport aloqalarining muhim böğini sifatida şakllanmoqda. Fors körfazi mamlakatlari esa investitsiya, energetika, transport va yuqori texnologiyalar sohasidagi salohiyati bilan mintaqamiz uçun istiqbolli şeriklarga aylanmoqda.

Davlatlar örtasidagi uzoq muddatli hamkorlik faqat siyosiy va iqtisodiy manfaatlar bilangina barqaror bölib qolmaydi. Uning mustahkam ijtimoiy va madaniy asoslari ham şakllanişi zarur. Şu bois, taşrif doirasida taʼlim, ilm-fan, madaniyat, yoşlar almaşinuvi, tarixiy qölyozmalarni örganiş va raqamlaştiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratilgani istiqbolli qarordir. Ayniqsa, oliy taʼlim muassasalari örtasidagi hamkorlik bu borada katta imkoniyatlarga ega. Bugungi xalqaro iqtisodiy munosabatlarda xorijiy tillarni mukammal biladigan, turli xalqlarning madaniyati va işbilarmonlik muhitini tuşunadigan, xalqaro kommunikatsiya könikmalariga ega mutaxassislarga talab ortib bormoqda. Özbekiston va Ömon universitetlari örtasida akademik almaşinuv, qöşma ilmiy tadqiqotlar, arab va ingliz tillarini öqitiş, tarjimaşunoslik, şarqşunoslik va raqamli texnologiyalar yönalişlaridagi hamkorlikni rivojlantiriş şu jihatdan muhimdir.

Tarixiy qölyozmalarni birgalikda tadqiq etiş taşabbusi esa ikki xalqning muştarak ilmiy-maʼnaviy merosini çuqurroq örganişga xizmat qiladi. Zero, madaniy va ilmiy aloqalar xalqlar örtasida özaro işonçni kuçaytiradigan, siyosiy munosabatlarga uzoq muddatli barqarorlik bağişlaydigan muhim omildir. Iqtisodiy loyihalar mamlakatlarni manfaatlar orqali yaqinlaştirsa, taʼlim va madaniyat ularni insoniy aloqalar orqali boğlaydi.

Umuman, Prezidentimizning Ömon Sultonligiga davlat taşrifi Özbekiston taşqi siyosatida yangi imkoniyatlar oçayotgan muhim voqea böldi. Uşbu taşrif Özbekistonning zamonaviy xalqaro munosabatlardagi öz örnini milliy manfaatlar, oçiq muloqot va amaliy hamkorlik asosida mustahkamlaş siyosati izçil davom etayotganini körsatdi. Bugungi murakkab geosiyosiy şaroitda ana şunday yondaşuv mamlakatimizning iqtisodiy barqarorligi, taşqi siyosiy mustaqilligi va xalqaro nufuzini mustahkamlaşning muhim omilidir.

Dilşodbek RUSTAMOV,

Andijon davlat çet tillar instituti rektori