Tadbirlarda ShHT doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari hamda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.
Oʻzbekiston Prezidenti xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi va VI Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi.