O‘zbekiston Respublikasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash va uzoq muddatli strategik sheriklikni izchil kengaytirish, siyosiy-diplomatik muloqotni faollashtirish, ikki tomonlama kelishuvlarning amaliy ijrosini ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlari, O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyati va investitsiyaviy imkoniyatlarini AQShda keng targ‘ib etish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, amerikalik investorlar va yetakchi kompaniyalarni mamlakatimizga jalb qilish, energetika, sanoat, transport va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli loyihalarni ilgari surish, Amerika–O‘zbekiston biznes va investitsiya kengashi doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish borasidagi alohida xizmatlari uchun Amerika Qo‘shma Shtatlarining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor O‘zbekiston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev