Bu haqida «Speedtest Global Index» reytingi maʼlumotlari asosida Raqamli texnologiyalar vazirligi axborot xizmati xabar qildi.

Avgust oyida Oʻzbekiston ham mobil, ham simli internet tezligi boʻyicha reytingda uch pogʻona yuqorilagan.

Xususan, mobil internet boʻyicha yuklab olish tezligi 62,42 Mbit/s dan 65,27 Mbit/s gacha oshgan. Natijada Oʻzbekiston reytingda 75-oʻrindan 72-oʻringa koʻtarilgan.

Shu tariqa, mamlakatimiz mobil internet tezligi boʻyicha soʻnggi 5 yilda 65 pogʻona yuqorilagan.

Simli internet boʻyicha yuklab olish tezligi ham bir oyda 94,23 Mbit/s dan 94,50 Mbit/s gacha oshgan. Oʻzbekistonning reytingdagi oʻrni 76-oʻrindan 73-oʻringa koʻtarilgan.

Shu bilan birga, MDH davlatlari orasida Oʻzbekiston simli internet tezligi boʻyicha birinchi oʻrinni egallamoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, 2026 yil boshidan mobil internetning yuklab olish tezligi sakkiz oy davomida 27 foizga oshgan. Koʻrsatkich 51,42 Mbit/s dan 65,27 Mbit/s gacha yetgan.

«Speedtest Global Index» internet tezligi koʻrsatkichlarini mamlakatlar va hududlar kesimida muntazam ravishda eʼlon qilib boradi.