U o‘z tabrigida so‘nggi yillarda mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va kelgusi o‘n yillik «Milliy yuksalish davri» bo‘lishini ta’kidladi.

Saida Mirziyoyeva oldinda bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, aholi salomatligini ta’minlash, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotni barpo etish, suv resurslarini tejash, qonun ustuvorligini mustahkamlash hamda O‘zbekistonning xalqaro nufuzini yanada oshirish kabi muhim vazifalar turganini qayd etdi.

«Bayraming muborak bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!» — deya tabrik yo‘lladi Saida Mirziyoyeva.