Sud hukmiga ko‘ra 7 nafar sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi "a" bandi, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi "a" bandi, 227-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) 2-qismi "a" bandi va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi "a", "b" bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.
Odilxon Ismoilovga 8 yil (Jinoyat kodeksining 62-moddasiga (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini hisobga olish qoidalari) asosan 7 yil 11 oy 28 kun) muddatga, qolgan 6 nafar sudlanuvchiga jinoiy xatti-harakatlaridan kelib chiqib turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi.