Maʼlum qilinishicha, daryoda suv sathi kutilmaganda koʻtarilib, oqim kuchaygani sababli fuqaro xavfsiz qirgʻoqqa chiqa olmay qolgan.
Xabardan soʻng aytilgan manzilga Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari zudlik bilan yetib borgan.
Qutqaruvchilar tomonidan fuqaroga amaliy yordam koʻrsatilib, u daryo oʻrtasidan xavfsiz hududga olib chiqildi.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq.