Oyoqlariga hech issiq o‘tmasligidan shikoyat qiluvchilar ko‘plab topiladi. Shifokorlarning ta’kidlashlaricha, «sovuq oyoqlar» siri faqatgina xonadondagi pechka va batareyalarning yaxshi isimasligi yoki yupqa paypoq «ostida» yashirinmagan.
Diyetolog Helen Bond muammoning sirini ochdi. Aytishicha, oyog‘i sovib ketishidan shikoyat qilib keluvchilar soni karantin davrida ko‘payib qolgan. Bondning fikricha, bu odamlarning odatiy hayot tarzi keskin o‘zgarishib ketishi bilan bog‘liq — kam harakatlanish. Kamiga uy sharoitida odamlar tez-tez va to‘yimliroq ovqatlanishga o‘tishgan, oqibatda qonda xolesterin ko‘payib ketgan.
«Sovuq oyoqlar» simptomi bilan hazillashib bo‘lmaydi: qon ta’minoti buzilib, oyoq-qo‘llarga yaxshi yetib bormay qolishi, periferik arteriyalar kasalliklari, yurak xastaliklari, hatto insultgacha olib kelishi mumkin.
Helen Bond oyoqlar sovishi tez-tez bezovta qiladigan insonlarga shifokor ko‘rigidan o‘tishni qat’iy tavsiya qilgan, shunda, ehtimol, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olgan bo‘lasiz.
Va albatta, tonggi badantarbiyani kanda qilmang. Natijasini esa 30 kundayoq bilasiz, deydi diyetolog.
Oyoqlar sovishiga faqat qish sababchi emas
«Sovuq oyoqlar» simptomi bilan hazillashib bo‘lmaydi.
YHXX moped va skuterlar uchun nega haydovchilik guvohnomasi talab qilinayotganini izohladi
- Gaz zaxiralarini ko‘paytirish maqsadida geologiya-qidiruv ishlari kengaytirilmoqda
- Toshkentda 100 ta sanitariya-gigiyena shoxobchasini joylashtirish uchun 140,4 mln soʻm ajratiladi
- Yoshlarning xalqaro imtihon xarajatlari uchun 151 mlrd so‘m qoplab berildi
- Google kengaytirilgan kiberxavfsizlik imkoniyatlariga ega Gemini 4 Argon modelini taqdim etdi
- WhatsApp ota-onalar nazoratini kuchaytiradi: qanday funksiyalar paydo bo‘ladi?
Shahnoza Mirziyoyeva Namanganda besh yoshli qizaloq bilan bog‘liq fojia yuzasidan munosabat bildirdi
- Xitoydan 121 bosh naslli qoramol olib kelindi
- Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi
- «Xumo» fermer xo‘jaligi rahbari: «Ilmga yondashsak, kam bo‘lmaymiz»
- Suyultirilgan gaz taʼminoti: tizimga xususiy sektor kirib kelmoqda
- Namanganda 5 yoshli qiz bilan bog‘liq jinoyat ishi Bosh prokuror nazoratiga olindi