23–26-noyabr kunlari taşkil etilgan xalqaro olimpiadada Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikistondan 22 ta talabalar jamoasi iştirok etdi.

Musobaqa doirasida jarrohlikning 15 ta yönalişi böyiça 45 ta tanlov sinovi ötkazildi. Unda iştirokçilarning nazariy bilimlari, amaliy könikmalari va kasbiy mahorati baholandi.

Taqdirlaş marosimida Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya instituti direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Tamaraxon Aripova hamda Toşkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Şuhrat Boymurodov iştirok etdi.

Olimpiada yoş tibbiyot mutaxassislari örtasida tajriba almaşiş, xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş, şuningdek, jarrohlik sohasidagi bilim va amaliy könikmalarni mustahkamlaşga xizmat qildi.

Yakuniy marosimda olimpiada ğoliblari va sovrindorlari taqdirlandi.