Kecha kunduz kuni respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida havo harorati pasaya boshladi. Bugun cho‘l hududlarida, ertaga esa respublikaning barcha hududlarida havo haroratning pasayishi kuzatiladi.

20-24-iyul kunlari O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 21 iyulda Qoraqalpog‘iston Respublikasida va 22 iyulda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Tog‘li hududlarda ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Bugun kunduzi havo harorati 40-43 daraja bo‘ladi, janubda ba’zi joylarda 45-47 darajagacha, shimolda 34-39 daraja bo‘ladi.

Ertadan boshlab ish haftasining oxirigacha havo harorati kechasi 20-25 darajagacha, kunduzi 32-37 darajagacha, ba’zi joylarda 30 darajagacha pasayadi.

20-22-iyul kunlari respublikaning ba’zi joylarida shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Toshkentda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bugun kunduzgi havo harorati 41-43 daraja, ertaga kechasi 25-27 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi, 22-24 iyul kunlari kechasi 20-23 darajagacha, kunduzi 31-34 darajagacha pasayadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.