Yillik ehtiyoj: 150 nafar shifokor.

Pediatr, nevrolog, diabetolog, pulmonolog, gastroenterolog, shoshilinch tibbiy yordam shifokori va boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha nomzodlar ham ko‘rib chiqiladi.

Italiyaning Perujia Universiteti hamkorligida tashkil qilingan italyan tili kursida o‘zingizga qulay joy va qulay vaqtda 7 oy davomida onlayn o‘qish imkoniyati mavjud.

O‘qish xarajatlarini Migratsiya agentligi to‘lab beradi (oyiga 600 yevro).

Kursni muvaffaqqiyatli yakunlagach, Italiyaning Sardiniya hududida 3 500 yevrogacha bo‘lgan maosh bilan ish boshlash imkoniyati taqdim etiladi.

Qo‘shimcha ish soatlari va tungi navbatchilik uchun bonuslar mavjud — daromad 4 000 - 5 000 yevrogacha oshishi mumkin.

Ish vaqti: haftasiga 38 soat.

Yosh chegarasi:

50 yoshgacha;

40 yoshgacha bo‘lgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi.

Turar joy xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.

Tushlik ta’minlanadi.

Tibbiy sug‘urta rasmiylashtiriladi.

Talablar:

Oliy tibbiy ma’lumot (diplom);

Ish tajribasi majburiy emas, ammo tajriba ustunlik beriladi.

Nomzodlar xorijda ish platformasida CV to‘ldirganlar orasidan tanlab olinadi.