Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev, O‘zbekistonning Chexiyadagi elchixonasi vakillari va Chexiya Respublikasining sog‘liqni saqlash vaziri Adam Voytex bilan bo‘lib o‘tgan muzokara yakuniga ko‘ra, o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi mutaxassislarini Chexiyaning davlat va xususiy klinikalarida ishlashga tayyorlanadi va yuqori lavozimli ishlarga joylashtiriladi.
Nomzodlarni chex tili va kasbga tayyorlash, dual ta’lim dasturlarini ishlab chiqish hamda diplom va malakalarni tan olish jarayonlarini yengillashtirish masalalari hal qilinadi.
Mazkur jarayon joriy yilning sentyabr oyidan ishga tushiriladi.