Yoshlarga o‘ziga mos ish topishi uchun sharoit yaratish – eng muhim masala ekani qayd etildi.
Yoshlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning uchdan biri tadbirkor bo‘lish istagini bildirgan. O‘tgan yili yoshlar bandligini ta’minlash uchun banklar va Yoshlar ishlari agentligiga 400 million dollar berilgan edi. Xususan, “Yoshlar biznesi”, “Kelajakka qadam” dasturlari hisobidan 15 ming nafar yoshlar o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi, 50 ming odamni ish bilan ta’minladi.
Prezidentimiz yoshlar tadbirkorligi uchun qo‘shimcha 200 million dollar ajratilishini e’lon qildi.
O‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdori 100 milliondan 300 million so‘mgacha oshiriladi. Yosh tadbirkorlar loyihalari uchun 10 milliard so‘mgacha kredit ajratish (hozir 5 milliard so‘mgacha) mumkin bo‘ladi. Innovatsion startap loyihalariga 100 ming dollargacha investitsiya kiritishga ruxsat beriladi.
Servis va umumiy ovqatlanish sohasida 1 mingdan ziyod ish o‘rni yaratgan mahalliy brendlardan franshiza olib, filial ochishga qiziqayotgan yoshlar uchun qulay moliyalashtirish paketlari joriy qilinadi.
O‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdori 100 milliondan 300 million so‘mgacha oshiriladi
Har yili 600 ming yoshlar mehnat bozoriga kirib kelmoqda, 2030-yilga borib, ular 1 millionga yetadi.
Afg‘onistonda suv toshqini oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi
- O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni Valiahdi bilan telefon orqali muloqot qildi
- WP: AQSh Eronda uzoq muddatli quruqlikdagi operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rmoqda
- Ozarbayjonda suv toshqini: 118 kishi, jumladan, 25 bola evakuatsiya qilindi
- Ustoz jurnalist Karim Bahriyev vafot etdi
- Toshkentda tunda poyga uyushtirgan ikki yigit 10 sutkaga qamaldi
2026-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida
- IIV tizimida bir guruh ayol xodimalar rahbarlik lavozimlariga tayinlandi
- Kimyo sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish masalalari koʻrib chiqildi
- Yangi Oʻzbekiston Navroʻzi – yuksalish va taraqqiyot davri
- Muborak Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida
- Hayit namozining Oʻzbekiston boʻylab oʻqilishi vaqtlari eʼlon qilindi