Shu munosabat bilan madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Toshkent shahridagi 202-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan «Birinchi qo‘ng‘iroq» tadbirida ishtirok etdi.
Vazir yangi o‘quv yili munosabati bilan o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalarni tabriklab, birinchi sinf o‘quvchilariga muvaffaqiyat tiladi.
Tadbirda maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan o‘quvchilarga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat «Prezident sovg‘asi» to‘plamlari topshirildi.
Ma’lumot uchun, joriy o‘quv yilida 795 ming nafardan ortiq bola birinchi sinfga qabul qilindi. Respublikadagi 10 225 ta umumta’lim maktabida 550 ming nafardan ortiq o‘qituvchi 6,7 million nafardan ziyod o‘quvchiga ta’lim-tarbiya beradi.