Mamlakatimizdagi 155 ta korxona yiliga 1 million tonna xomashyo qazib olayotgan boʻlsada, uning 35-40 foizgacha qismi ishlab chiqarish chiqindisi sifatida qolmoqda. Ayniqsa, Nurota, Gʻozgʻon va Qoʻshrabotdagi konlar atrofida granit va marmar qoldiqlari toʻplangan.
Prezidentimiz rivojlangan davlatlar tajribasi asosida “nol chiqindi” tamoyilini keng joriy etish zarurligini qayd etdi. Bunday xomashyodan kompozit pol qoplamalari, sunʼiy tosh plitalar va marmar kukuni kabi mahsulotlar tayyorlash mumkin.
Mutasaddilarga bir oyda tadbirkorlarni jalb etib, pardozbop tosh konlari atrofida kamida 100 million dollarlik loyihalarni boshlash topshirildi.
Bundan buyon yangi pardozbop tosh konlari “nol chiqindi” tamoyili asosida ishlash sharti bilan auksionga qoʻyiladi.