Qiymati 19 milliard söm bölgan majmua Parkent tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş doirasida qisqa muddatda barpo etildi.
Oçiliş marosimida Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Özbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatçisi, xalq yozuvçisi Xayriddin Sultonov, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov, Özbekiston Milliy axborot agentligi boş direktori, senator Abdusaid Köçimov va boşqa mehmonlar iştirok etdi.
Kutubxonadan tortib ijodiy tögaraklargaça
Yangi majmuada zamonaviy axborot-kutubxona markazi, Yoşlar işlari agentligi va Maʼnaviyat va maʼrifat markazi faoliyati yölga qöyilgan. Şuningdek, yoşlar uçun turli tögaraklar taşkil etilgan.
Bu imkoniyatlardan foydalanib, yoşlar kitob öqiş, bilimlarini oşiriş va öz qiziqişlari böyiça şuğullanişlari mumkin. Markazda adabiy uçraşuvlar, kitob taqdimotlari va ijodiy suhbatlar ötkaziş ham közda tutilgan.
Tadbirda sözga çiqqanlar kitobxonlikni rivojlantiriş, milliy adabiyot va maʼnaviy merosni asrab-avaylaş, yoşlarning mustaqil fikrlaşi va ijodiy izlanişlarini qöllab-quvvatlaş masalalariga töxtaldi.
Parkentning ijodiy anʼanalari davom etadi
Majmua oçilişida hududning adabiyot, ilm-fan va madaniyat rivojiga qöşgan hissasi ham eʼtirof etildi. Parkentdan yetişib çiqqan Orif Odilxonov, Şarifa Salimova, Mahmud Toir, Xayriddin Sultonov, Dilfuza Şomalikova, Maʼsuma Ahmedova, Usmon Bek va Zohidjon Olov kabi ijodkorlarning faoliyati yoş avlod uçun ibrat sifatida tilga olindi.
Özbekiston xalq şoiri Mahmud Toir yangi maskanning oçilişini tuman yoşlari uçun muhim voqea deb baholadi. Uning taʼkidlaşiça, uşbu hudud ilgari ham bayramlar va belboğli kuraş musobaqalari ötkaziladigan manzil bölgan. Endi esa maskan zamonaviy qiyofada aholiga xizmat qiladi.
Viloyatda bir milliondan ziyod kitob fondi mavjud
Toşkent viloyatida axborot-kutubxona xizmatini rivojlantiriş borasida ham işlar olib borilmoqda. Taqdim etilgan maʼlumotlarga köra, hududda 21 ta axborot-kutubxona markazi faoliyat yuritadi. Ularning umumiy kitob fondi bir million nusxadan ziyod, foydalanuvçilar soni esa 353 ming nafarni taşkil etadi.
«Qöşçinor»ning oçilişi uşbu tizim imkoniyatlarini kengaytiriş bilan birga, Parkentda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar uçun yangi maydon paydo bölganini anglatadi.
Marosim yakunida mehmonlar majmua hududiga manzarali daraxt köçatlarini ekib, markazda yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi.
Yangi maskanning samarasi, avvalo, unga taşrif buyuradigan kitobxonlar, tögaraklarga jalb etiladigan yoşlar va bu yerda taşkil etiladigan maʼrifiy tadbirlar kölamida namoyon böladi.