Paxtani birjada sotgan fermerga ham, uni sotib olgan klasterga ham har tonna uchun 500 ming soʻmdan subsidiya beriladi. Oʻz yerida paxta yetishtirgan klasterlar esa gektariga 1,5 million soʻmdan subsidiya oladi.
Mutasaddilarga tayyor mahsulot eksportchilarining xorijiy valyutadagi kreditlari boʻyicha foizlarning 5 foizdan, milliy valyutadagisining 14 foizdan oshgan qismini uch yil davomida kompensatsiya qilish boʻyicha hisob-kitoblarni kiritish topshirildi.
Shuningdek, marketpleyslar orqali sotilgan mahsulot qiymatining 3 foizini qaytarish masalasi boʻyicha takliflar tayyorlanadi.