The News Pakistanning xabar qilinishicha, portlash juma namozi vaqtida yuz bergan.

50 dan ortiq odam jarohatlangan. Halok bo‘lgan 15 kishining jasadi va jarohatlangan 50 dan ortiq fuqaro shifoxonaga olib ketilgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, portlash oqibatida masjid yaqinida chuqur o‘yiq hosil bo‘lgan. Jarohatlanganlar orasida politsiya xodimlari ham bor.

Qutqaruv xizmatlari masjidning tashqi qismi jiddiy shikastlangani va devor qulab tushganini ma’lum qildi. Hozirda voqea joyida qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Kohat tumani shifoxonasida favqulodda holat rejimi joriy etildi, deb xabar berdi report.az.