Jahon chempionatida erkaklar va ayollardan iborat terma jamoamiz munosib ishtirok etdi. Taʼkidlash kerak, polvonlarimizni ushbu musobaqaga taniqli murabbiy Aʼzamjon Shokirjonov tayyorladi.
Quvonarlisi, dunyoning 35ta davlatidan yigʼilgan eng sara sportchilar orasida polvonlarimiz 3ta oltin hamda 5tadan kumush va bronza medallarini qoʼlga kiritishgan holda umumjamoa hisobida faxrli 2-oʼrinni qoʼlga kiritdi.
Belbogʼli kurashning erkin yoʼnalishida oʼtgan bellashuvlarda polvonlarimizdan 57 kggacha boʼlgan vazn toifasida namanganlik Oybekjon Hamidov, -68 kg.da andijonlik Oybek Sultonov hamda qizlarda -52 kg. vaznda Farangiz Abdunabiyeva (Sirdaryo) oltin medalga sazovor boʼlishdi.
Shuningdek, jahon chempionatida -82 kgda Husniddin Roʼziyev (Andijon), -100 kgda Aʼzamjon Anvarjonov (Andijon), +100 kgda Sherzod Rahimov (Fargʼona), -58 kgda Manzuraoy Moʼydinova (Fargʼona) kumush medallarga ega chiqishgan boʼlishsa, -62 kgda Murodjon Rahimov (Xorazm), -52 kgda Madina Akramova (Andijon), -66 kgda Zemfira Azatova (Qoraqalpogʼiston Respublikasi) hamda +76 kgda Anife Kurtseitova (Andijon)lar 3-oʼrinni band etib, bronza medali bilan taqdirlanishdi.
Belbogʼli kurashning klassik yoʼnalishida polvonlarimizdan -62 kg vazn toifasida andijonlik Husanboy Nosirov (Andijon) 3-oʼrinni egallagan boʼlsa, +100 kgda nomdor polvonimiz Zaylobiddin Ortiqov kumush medal egasiga aylandi.
Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan belbogʼli kurash boʼyicha Oʼzbekiston terma jamoasi aʼzolari bugun erta tongda Toshkentga qaytib kelishdi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida jahon chempionati gʼolib va sovrindorlarini sportchilarning oila aʼzolari, ustoz-murabbiylari, Oʼzbekiston belbogʼli kurash federatsiyasi vakillaridan iborat keng sport jamoatchiligi munosib kutib olishdi.
Polvonlarimiz jahon chempionatida 13ta medalga sazovor boʻlishdi
Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida belbogʼli kurash boʼyicha kattalar oʼrtasida jahon chempionati boʼlib oʼtdi.
Qarşi şahridagi xonadonlardan birida gaz-havo aralaşmasining çaqnaşi sodir böldi
- Xalqaro qidiruvga berilgan sobiq davlat taşkiloti mutasaddi xodimi Turkiyadan Özbekistonga qaytarildi
- “L-503” elektr uzatiş tarmoğidagi avariya töliq bartaraf etilib, tarmoq qayta işga tuşirildi
- Gazlaştirilmagan hududlarda noyabr oyi uçun elektr energiyasi tölovlari 350 kVt·soatlik bazaviy me’yor asosida hisoblanadi
- Oliy taʼlim taşkilotlarining milliy reytingini yuritiş tartibiga özgartirişlar kiritildi
- AQŞ Kongressida Özbekiston kuni bölib ötdi
Hafta davomida mamlakatimizning qator hududlarida yomğir yoğadi
- 5 million tonna paxta haqidagi hisobotga ijtimoiy tarmoqlarda şubha bildirildi: vazirlik izoh berdi
- Ayrim taʼlim muassasalari xodimlariga mehnat staji uçun ustamalar belgilandi
- Namanganda noqonuniy ovlangan baliqlar uçun 1 mlrd 25 mln söm zarar hisoblandi
- Özbekistonda ob-havo keskin özgaradi: yomğir, qor va sovuq kutilmoqda
- Pul belgilaridagi barça yozuvlar davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida yoziladi