Ma’lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi ayol va uning qizining telefonlarida diniy mazmundagi taqiqlangan materiallar aniqlangani yuzasidan viloyat IIB tomonidan tekshiruv o‘tkazilgan.
Ushbu holatni tanishlari orqali ularning foydasiga hal qilib berishni va’da qilgan 1978 yilda tug‘ilgan shaxs 3 million so‘m olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Tezkor tadbir davomida mazkur masalani ijobiy hal qilib berish evaziga vositachidan 2,5 million so‘m olgan Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati tezkor vakili ham ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda IIB xodimiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish), vositachiga nisbatan esa 212-moddasi (pora olish-berishda vositachilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.