Qaror bolalar salomatligini himoya qilish maqsadida qabul qilingan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qilishicha, shahar va tuman hokimlari qaroriga asosan bog‘chalar quyidagi muddatlarda yopiladi:
Nukus shahri — 13–18-iyul;
Amudaryo tumani — 13–15-iyul;
Beruniy tumani — 13–17-iyul;
Xo‘jayli tumani — 13–18-iyul;
Taxiatosh tumani — 13–17-iyul;
Shumanay tumani — 13–17-iyul;
Mo‘ynoq tumani — 13–17-iyul;
Qonliko‘l tumani — 13–17-iyul;
To‘rtko‘l tumani — 13–17-iyul.
Vazirlikka ko‘ra, faoliyatni vaqtincha to‘xtatish sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatlarining xulosalari hamda tavsiyalari asosida amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, ota-onalarga farzandlarini kunning eng issiq vaqtlarida uzoq muddat ochiq havoda qoldirmaslik, ularning salomatligiga alohida e’tibor qaratish va zarur ehtiyot choralariga rioya qilish tavsiya etilgan.