— Davlat rahbarining farmoyishi bilan Mang‘istau viloyatida harbiy xizmatchilarning o‘z xizmat vazifalarini bajarish paytida halok bo‘lishi munosabati bilan 2026-yil 25-sentabrda Qozog‘iston Respublikasida umummilliy motam kuni e’lon qilindi, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 24-sentabrda Kaspiy dengizida harbiy mashqlar paytida 9 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘lgani haqida xabar berildi. Uch nafar harbiy xizmatchi qutqarildi. Ulardan biri kasalxonaga yotqizildi. Qolganlarini qidirish ishlari davom etmoqda.
Harbiy xizmatchilarning o‘limi fakti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va tergov ishlari olib borilmoqda.
Mang‘istau viloyatida harbiy xizmatchilarning o‘limi sabablarini tekshirish uchun hukumat komissiyasi tuzilgan.
Komissiya tarkibiga Mudofaa vaziri, Mang‘istau viloyati hokimi, Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish, Favqulodda vaziyatlar, Sog‘liqni saqlash, Transport vazirliklari rahbariyati, Bosh harbiy prokuror, shuningdek, Chegara xizmati vakillari kirgan.
Kaspiyda halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar soni 12 nafarga yetdi, ikki nafari qidirilmoqda, deb xabar berdi Kazinform.