Xususan, «Toshkent – Dubay« yoʻnalishi boʻyicha parvoz qilishni rejalashtirgan, 1980-yilda Andijon viloyatida tugʻilgan, hozirda Toshkent shahrida yashovchi shaxsning yuklari tekshiruvdan oʻtkazildi.
Natijada unga tegishli chemodanning ichki tayanch qismiga jami 1 kg 923 gr oltin quymalar yashirilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, ushbu noqonuniy ishga 1992-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, muqaddam Jinoyat Kodeksining 182-moddasi bilan sudlangan fuqaroning aloqadorligi aniqlandi. Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.